mumkin emas. Insoniy munosabatlar maktabi nuqtayi nazaridan olganda, ishchi —
fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda o‘z-o‘zini hurmat qilishda, o'z qadr-
qimmatini his etish, boshqalar tomonidan ma’qullash, shaxsiy maqsadlar va
manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan
individdir. Insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining tashabbuskorlikdan,
ishchilar bilan hamkorlikdan, kompaniyada «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik
tuyg‘usi»ni shakllantirishdan hamda ulami rag'batlantirishga asoslangan tegishli
usullami ishlab chiqishdan iboratdir. Insoniy munosabatlar maktabining atoqli
vakili boigan amerikalik olim D. Mak-Greger (1906—1964) inson xulq-atvorining
ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga munosabatining 2 turi mavjudligi, menejer
ulardan foydalangan holda ishchilar mehnatini asoslashning g‘oyatda samarador
usullarini belgilashi kerakligini uqdirgan edi.
Birinchi modelga ko'ra, namunaviy yollanma xodimi — tabiatan yalqov
bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo'yin tovlashga urinadi, unda
izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat yetishmaydi. Bundan esa shunday
xulosa chiqadi: bunday xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va
jarima solish bilan qo'rqitib turish zarur.
Ikkinchi model birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol,
ularga lashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas'uliyal olish saloliiyali
xosdir. Ushbu holda menejerlik vazifasi kishilar o‘z maqsadiga va qiziqishlariga
g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitini barpo etishdan iborat,
kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlaming xulq-atvoriga asoslangan
holda tashkil etilishi kerak. Ikkinchi modelga muvofiq keluvchi ishchini
Do'stlaringiz bilan baham: |