zvenosi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli
stmkturani yaratishda ifodalanadi.
Barcha zvenolar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali
amalga oshiriladi.
7. Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili.
Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlami bajarish va u
haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak.
8. Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini
qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutiimagan holatlami hisobga olgan holda
qarab chiqsa, tashkiliy elementlami birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish
dasturi samarali bo‘ladi.
9. Boshqarishni demokratiyalash tamoyili. Uning mohiyati, asosan,
boshqarishda barcha xodimlar qatnashishini taqozo qiladi. Qatnashish shakli
turlicha bo‘lishi mumkin: boshqarishda yagona ma’muriylik, birgalikdagi pul
mablag‘lari, boshqarish qarorlarini kollegial hal qilish va hokazo.
10. Farmoyishlik va javobgarlik tamoyili. Ishlab chiqarish birligi yoki firma
tomonidan qabul qilingan rejalar, yo‘riqnomalar, korxonaning yillar davomida
to'plangan an’analariga bo‘ysunishi va ulami bajarihshini ta’minlash farmoyishlik
tamoyilining asosini tashkil qilib, kelajakni ta’minlovchi omillardan boiib
hisoblanadi.
Biznesda javobgarlik haqida gapirilganda, awalo, boshqaruvchilar javobgarligi
ko‘zda tutiladi. Bu tamoyil menejmentda ma’lum majburiyatlami ko‘zda tutadi,
xususan:
— Qonunga bo‘ysunish majburiyati. Menejer faoliyati Konstitutsiya va davlat
qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak. Qonunga bo‘ysunish menejer uchun har bir
fuqaro qonunga itoat etishi kabi muhim burchdir. Menejer uchun huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |