- Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari boʻlmagan elementlarni oʻrganadi. R. usullari asosida oʻrganiladigan elementlar texnetsiy, prometiy, astat, uran, toriy, poloniy, radon, fransiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek, vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu boʻlimga shartli ravishda yadro yoqilgʻisi texnologiyasini ham kiritish mumkin.
- Amaliy R. nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika, geokimyo va b. tadqiqotlarda) qoʻllanishini oʻz ichiga oladi.
Radioaktiv elementlar - Radioaktiv elementlar - barcha izotoplari radioaktiv boʻlgan kimyoviy elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib rakami 83 (vismut)dan katta boʻlgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketmaket yuz beradigan radioaktiv oʻzgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik boʻlgan R.e. ham bor. Ular texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sunʼiy usulda olingan transuran elementlardir.
Tabiiy R.e.dan fakat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U(T,,2=4,51 mlrd. y.), 235U(713 mln.y.), 232Th(14,l mlrd. y.). Shuning uchun barcha tabiiy R.e. ichida faqat uran bilan toriy birlamchi R.e. hisoblanadi. Qolgan barcha R.e. uzoq mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan hosil bo`ladi va ular ikkilamchi R.e. hisoblanadi. - Tabiiy R.e.dan fakat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U(T,,2=4,51 mlrd. y.), 235U(713 mln.y.), 232Th(14,l mlrd. y.). Shuning uchun barcha tabiiy R.e. ichida faqat uran bilan toriy birlamchi R.e. hisoblanadi. Qolgan barcha R.e. uzoq mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan hosil bo`ladi va ular ikkilamchi R.e. hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |