Raqamli iqtisodiyot asoslari
Rahbar fazilatlari va madaniyati
Download 1.47 Mb.
|
texnologik xarita
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.G.Yung
- Introversiya”
- Temperament”
7.3. Rahbar fazilatlari va madaniyati.
Fazilat – bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo`lishi hamda xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko`p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq-atvorining ma`lum bir shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topish oson-u, boshqa bir kishi bilan umumiy til topishishning hech qanday iloji yo`qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar. XX asrning 20-yillarining boshlarida shvetsariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini “ekstraversiya” va “introversiya” tushunchalari orqali ta`riflab berishni taklif etadi. “Ekstraversiya” (extra-tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko`rsatib beradiki, bunda shaxs o`zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi ob’yektlarga qaratadi, ba`zan buni o`zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi. ekstravertlarga xulq-atvorining ta`sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik tashabbus ko`rsatish, ijtimoiy ko`nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi xos bo`ladi. “Introversiya” (intro - ichki) shaxsning o`z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-e`tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi. Introvertlar o`zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy ko`nikish xosdir. Ekstraversiya va introversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo`shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi. “Temperament” tushunchasi lotincha temperamentum – qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik degan ma`noni bildiradi. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o`rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo`ladi, taassurotlarining almashinishiga tez ko`nikib keta qoladi, o`z atrofida sodir bo`layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling