Raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 1.47 Mb.
bet11/22
Sana22.11.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1794540
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Sub’yektiv unsurlar rahbarning:

  • ishchanlik va shaxsiy sifatlari;

  • mijozi, qobiliyati va qiziqishi;

  • bilimi, ko`nikmasi va mahorati;

  • tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon bo`ladi.

Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni ko’rsatadiki, bunda birinchi o’rinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik, kishilarga nisbatan mehribonlik va e’tibor bilan munosabatda bo’lish turadi. Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qilish qobiliyati, shaxsan intizomli bo’lish, mehnatsevarlik, tashkilotchilik, jamoada intizomni yo’lga qo’yish va saqlay bilish qobiliyati juda yuksak baholanadi.
Rahbarlik uslubi, belgisi va bo`ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin.
Avtokratik rahbarlar:

  • buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

  • o`zini jamoadan uzoq tutadi, jamoa a`zolarini bevosita noo`rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

  • o`ziga bo`ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko`radi;

  • muttasil buyruq berishga, hammani o`z istaklariga so`zsiz bo`ysundirishga intiladi;

  • ko`p gapirishni yoqtirmaydi, lekin qo`l ostida ishlovchi xodimlar bilan muomalada bo`lganda uning rahbarlik g’ururi balandiligi, o`zini katta tutishi sezilib turadi;

  • o`ziga bo`ysunuvchilar oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo`ladi.

Xullas, avtokratik rahbar o`ziga bino qo`ygan, dimog’dor, o`z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o`tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o`sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o`tkazish, majbur qilish kabi salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo`lmaydi. Ba`zi hollarda bo`ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli bu uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
Liberal rahbar:

  • irodasiz, tashabbussiz bo`ladi;

  • o`z zimmasiga mas`uliyat olishni yoqtirmaydi;

  • ishni o`z holiga tashlab qo`yadi;

  • idoraga nisbatan qat`iy bo`lishdan hayiqadi;

  • o`zini haddan tashqari ehtiyot qiladi

  • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

  • talabchan emas, sust nazorat qiladi;

  • suiistemollarga bevosita yo`l qo`ymasa ham o`zini bilmaslikka oladi.

Bunday rahbar tashqaridan ko`rsatiladigan ta`sirga moyilligi bilan ko`zga tashlanib turadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling