Raqamli iqtisodiyot va axborot tenologiyalari


Rasm 3.11. Pipedrive dasturida savdo bo'limining potentsial mijoz bilan


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana19.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1625879
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Tayyor. Manzura dissertatsiyasi.12

Rasm 3.11. Pipedrive dasturida savdo bo'limining potentsial mijoz bilan 
o'zaro hamkorligi oynasi
21
 
 
Kichik biznes uchun CRM tizimlari 
CRM nafaqat yirik korxonalar uchun ishlatiladi. Kichik kompaniyalar va 
startaplar ham ushbu vositadan foydalanadilar. Kichik va o'rta biznes uchun CRM 
tizimlari quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 
 maqbul narx; 
oddiylik
 moslashtirish imkoniyati; 
 integratsiyani qo'llab-quvvatlash. 
Quyida kichik biznes uchun mos bo'lgan uchta CRM tizimini tasvirlab berilgan. 
Keling, ular qanday imkoniyatlarga ega ekanligini ko'rib chiqaylik. 
 
21
Manba. Pipedrive CRM tizimining ishchi oynasi 


63 
Fillin 
Smartfondan ishlash uchun oddiy CRM tizimi. Telefoniyani ulash va sayt bilan 
integratsiya qilish mumkin. Mijozlar va xodimlarni xabardor qilish elektron pochta, 
SMS va web -bildirishnomalar orqali mavjud. 
Fillin moliyaviy hisoblarni yuritish, buyurtmalar va ombor ishini nazorat 
qilishda yordam beradi. Xizmatdan foydalanib, qo'ng'iroqlarni kuzatish, avtomatik 
rejimda mijozlar ma'lumotlarini yaratish, mijozlar va menejerlar uchun 
yo'riqnomalar va buyurtmalar to'g'risida bildirishnomalarni o'rnatish, buyurtmalar 
marjasini hisoblash, aylanma mablag'larni nazorat qilish, cheksiz miqdordagi 
omborlar qoldig'i hisobini yuritish mumkin va yana ko'p narsalar. 
retailCRM 
Ushbu CRM tizimi onlayn savdo uchun juda yaxshi. Xizmat savdo uchun bir 
qator vositalarni taqdim etadi. RetailCRM messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, CMS, 
1C, IP telefoniya va yetkazib berish xizmatlari bilan integratsiyalashgan. Umuman 
olganda, xizmat 90 dan ortiq tayyor integratsiyani taqdim etadi. SMS va elektron 
pochta xabarlarini yuborish mumkin. 
CRM tizimi buyurtmalarni nazorat qilish, mijozlar hisobini yuritish, statistik 
ma'lumotlarni va menejerlar samaradorligini kuzatishga yordam beradi. Hatto yo'lda 
ham ishlash imkonini beruvchi mobil ilova mavjud. RetailCRM interfeysi juda 
oddiy va tushunarli. Quyida "Menejerlar" bo'limida demo ma'lumotlarini ko'rish 
mumkin. Ko'rinib turganidek, ushbu yorliqda daromadni, qayta ishlangan 
buyurtmalar sonini, o'rtacha chekni, sotish miqdorini va boshqa ma'lumotlarni 
kuzatish mumkin. 


64 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling