Raqamli moliya fanidan yozma ish javoblari Raqamli iqtisodiyotning mohiyati
Kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklari
Download 189.92 Kb.
|
Raqamli moliya fanidan yozma ish javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kripto birjalar va ularning turlari. BTC
- Bitfinex
- Tether Ltd
- Sun’iy intellekt haqida tushunchalar .
- Mashinali organish(Machine learning) va uning asosiy turlari .
Kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklari:
Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgaritirib turaveradi. To’liq mahfiylik (anonimlilik). Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi. Mayning qilish imkoniyati. Har qanday inson uy sharoitida uni qo’lga kiritishi mumkin – uy biznesini amalga oshirish imkoniyati mavjud. To’lovlarda ishlatilish mumkinligi. Rivojlangan mamlakatlarda kriptovalyutalarning ko’pgina turlarini bemalol ishlatish mumkin. Ta’minlanmaganlik. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech gap emas. Rasmiy ravishda ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (shu jumladan, bizning mamlakat ham) kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. ------------------------------------------------------------------------------------------------ Kripto birjalar va ularning turlari. BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, LiveCoin.net - zamonaviy bijasi, CEX.IO - birjasi, eCoin.eu - birjasi, GOC.io - kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, Cryptonit.net kriptovalyutalar sotuvchi va sotib oluvchi birjasi, Kraken kompaniyasining birjasi, Bitfinex - AQSh dollari bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, BTC China - savdo xajmi bo’yicha dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, BitYes.com - AQSh dollari bilan katta miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi va boshqalar Dollarning raqamli analogini chiqarayotgan Tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi Bitfinex bilan kelishgan holda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Bundan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o‘yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta-sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. Raqamli valyuta O'zbekistonga ham kirib kelgan. Markaziy Osiyoda birinchi kriptovalyuta birjasi O'zbekistonda ochildi. Koreyaning Kobea kompaniyasi ushbu faoliyatni amalga oshirish bo'yicha litsenziya oldi. ------------------------------------------------------------------------------------------------ Sun’iy intellekt haqida tushunchalar. Webster lug'atida: «intellekt - bu: a) xatti-harakatlarga tegishli tuzatishlar kiritish orqali har qanday, ayniqsa, yangi vaziyatga muvaffaqiyatli javob berish qobiliyati; b) qo'yilgan maqsadga erishishga olib keladigan harakatlarni rivojlantirish uchun voqelik faktlari o'rtasidagi bog'liqlikni tushunish qobiliyati. “intellekt... keng ma’noda – insonning barcha bilish faoliyati, tor ma’noda – muloqot, fikr almashish va odamlarning o‘zaro tushunish vositasi sifatida til bilan uzviy bog‘langan fikrlash jarayonlari”. Bu yerda aql faollik va muloqot tili bilan bevosita bog‘liqdir. Nutqni talqin qilish va aniqlash interfeysi (SIRI)dan o'zini o'zi boshqaradigan mashinalarga qadar sun'iy intellekt (AI) juda tez rivojlanmoqda. Vizual idrok etish (ko'rish), nutqni anglash, garor gabul gilish va tarima kabi odatda inson aql-zakovatini tala qiladigan vazifalarni bajarishga godir kompyuter tizimlarini organish va yaratish. Hozirgi kunda ko'plab sohalarda aynan sun'iy intelektdan foydalaniladi. Masalan, marketing, SM, sog'liqni saglash, savdo-sotiq, bank tizimi, sayohat qilish va shunga oxshash. ------------------------------------------------------------------------------------------------ Mashinali o'rganish(Machine learning) va uning asosiy turlari. Machine learning(mashinali o'qitish) - o'zi o'rganadigan dasturlar yaratish amaliyoti va nazariyasi, sun'iy intellektning katta qismi. Dasturchilar o'z algoritmlariga xususiy hollarda umumiy qonuniyatlarni aniqlashni o'rgatishadi. Natijada, kompyuter, inson avvaldan ko'rsatib o'tgan buyruqlaridan emas, balki, o'z shaxsiy malakasidan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Bunday o'qitishning juda ko'p metodlari data mining'ga oid bo'lishi mumkin. Mashinali o'qitishga birinchi tarifni 1959-yilda amerikalik informatik Artur Samuel bergan. U sun'iy intellekt elementlariga ega bo'lgan shashka o'yini, dunyoda birinchi o'zi o'rganadigan dasturni yaratgan. Download 189.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling