Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan Iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka EGA bo‘lish uchun kurashni anglatadi


Download 74.88 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi74.88 Kb.
#262341
1   2
Bog'liq
7 - MAZU MONOPOLIYA

Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.

Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.

Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi.



Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.

Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularni sotishni

Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:


  • sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;

  • bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;

  • sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi;

  • bozor sub’ektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega.

KERAKLI IQTISODIY FORMULALAR. XOLMUROD/////TDIU.

Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila olmaydi:



. (1)

Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi.

Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko‘p.

Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko‘ra yuqori bo‘ladi).

Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng:

, (2)

bu yerda yoki - umumiy daromad; - narx; - sotilgan ne’mat miqdori.



Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi uchun, u ko‘rinishida yoziladi.

O‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:

. (3)

Chekli daromad () - bu qo‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o‘sgan qismi , ya’ni:

. (4)

Demak, raqaobatlashgan bozorda talab chizig‘i o‘rtacha va chekli daromadlar chizig‘i bilan ifodalanadi.
Download 74.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling