Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari


Download 457.82 Kb.
bet12/15
Sana06.02.2023
Hajmi457.82 Kb.
#1169257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi 2022

birinchidan, “Davlat xizmati to’g’risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama qilinayotgan bo’lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo’q. Shu sababdan “Davlat xizmati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o’z faoliyatini olib borish jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan hamda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg’or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o’rgangan holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o’zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, yaʼni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada oshirishi shubhasizdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish kerak. Zamonaviy tendensiyaga ko’ra, korrupsiyaga qarshi kurashishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etiladi.
Jamiyat aʼzolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun maʼlumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning aniq tizimini amaliyotda qo’llashdir.
Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda qo’llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o’tkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 457.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling