Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari


I BOB. KORRUPSIYANING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING RIVOJLANISH OMILLARI


Download 457.82 Kb.
bet2/15
Sana06.02.2023
Hajmi457.82 Kb.
#1169257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi 2022

I BOB. KORRUPSIYANING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA UNING RIVOJLANISH OMILLARI

    1. Korrupsiyaning namoyon bo’lish shakllari va oqibatlari.

Korrupsiya — mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o’tkazish harajatlarini ko’tarish korrupsiyaning ko’rinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko’rsatib «o’z qarzini» qaytaradi). Aksariyat korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o’tkazish bilan shug’ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bog’langan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora ko’proq ta’sir ko’rsata boshladi. Bu o’sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o’z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo’lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko’rsatib o’tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o’rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko’rsatadi.2
Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha «Lokxid ishi» eng yirik korrupsiya ko’rinishlariga misol bo’ladi. Porani xaspo’shlash uchun yirik bitishuvlarda ko’proq «xizmat haqi» to’lash amaliyotidan foydalaniladi. Korrupsiya so’zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o’zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfatlar maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya atamasi odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajada 1970-yilda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha “Lokxid ishi” eng yirik korrupsiya ko’rinishlariga misol bo’ladi. Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo’rlik, firibgarlik, tovlamachilik, nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko’plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikga erishganimizdan keying davrda ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator normative huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari, ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo’lsada, unga qarshi kurashish ko’ngildagidek bo’layotgani yo’q. Tom ma’noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin oshib bormoqda. Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo’lishidir. Chuqurroq o’ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi. Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz.
Glabal moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan davlatida 6 trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan. Bunday davlatlar ro’yxatining boshida Xitoy turibdi. O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldi-berdi uchun sarflangan. Ayni davrda Meksikada 476 milliarda dollar pul davlat g’aznasidan o’marilgan, ya’ni har bir fuqarodan 4500 dollardan o’g’irlandi degani. Rossiyada korrupsiya keltirgan zarar 152 milliard dollarga teng. Afrika davlatlarida eng korrupsiyalashgani Nigeriya. U yerda noqonuniy kapital aylanmasi 129 milliard dollarga teng3. Mamlakatimizning kelajagini va obro’-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog’i darkor.


Download 457.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling