Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari
Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati)
Download 457.82 Kb.
|
Kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati).
- 2.1-rasm. Mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlar tahlili.
Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati). Ko’pgina davlatlar “pora berish” orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Yevropa Kengashining Korrupsiyaga oid Jinoyat huquqi to’g’risidagi konvensiyasi mamlakatlardan har qanday davlatning mansabdor shaxslariga va’da berish, taklif qilish yoki biron-bir asossiz ustunlik berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini qo’llagan holda davlat xizmatchilarining poraxo’rligi bilan bog’liq xatti-harakatlar to’g’risida qasddan noto’g’ri taqdim etilgan deb hisoblanishi kerak.13
Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati). “Elektron hukumat” ning to’laqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat o’rtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Singapurda ko’plab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tug’ilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to’ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy tarz sifatida qabul qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima solinadi. Mamlakatimizda so’nggi yillarda korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar holati quyidagicha: 2.1-rasm. Mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlar tahlili. 2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Unga koʼra, respublika boʼyicha jami 2345 ta jinoyat ishi boʼyicha 2804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika (2020 yilda 9 nafar), 241 nafari viloyat (2020 yilda 45 nafar) va 2547 nafari (2020 yilda 1669) tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1741 nafari oʼzganing mulkini oʼzlashtirish va rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish (2020 yilda — 660 nafar), 269 nafari firibgarlik (2020 yilda -167 nafar), 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab vakolatini suiisteʼmol qilish (2020 yilda — 47 nafar), 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (2020 yilda — 25 nafar), 41 nafari mansab soxtakorligi (2020 yilda — 11 nafar), 12 nafari pora berish va 353 nafari boshqa jinoyatlarni (2020 yilda — 280 nafar) sodir etgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida 2021 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʼlib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd soʼmi 78,2% undirilgan. 2020 yilda yetkazilgan zarar miqdori 500 mlrd 102 mln soʼmni tashkil etib, shundan 355 mlrd 754 mln soʼm undirilgan (71%)14. Xulosa Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo’lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro’siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo’lga qo’yilishida ham jiddiy muammo tug’diradi. Korrupsiya bilan bog’liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo’lish sabablarini kengroq o’rganishga undaydi. Zero, “korrupsiya kasalligini” yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma’muriy chora tadbirlarning o’zi yetarli emas. Poraxo’rlikni oldini olishgan bo’lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Xulosa qilib aytganda, bugungi kundan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijaga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat berish kerak: 1. O’zbekistonda davlat xizmati sohasida hali ham qonuniy kuchda bo’lgan yagona qonun mavjud emas; 2. Manfaatlar to’qnashuvining oldini olish to’g’risidagi qoidalar qonun hujjatlariga kiritilgan bo’lsada, ularni to’g’ri qo’llash yanada tartibga solishni talab qiladi, shu jumladan, intizomiy jazo choralari bilan cheklanmasligi kerak bo’lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur; 3. Korrupsiya va jinoyatchilikning bosha turlari, xususan, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, noqonuniy pul mablag’larini legallashtirish kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi va ushbu harakatlarni oldini olish zarur; 4. Korrupsiya — jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson xuquqlarining buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, xayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa xodisalarning ildiz otib, rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi; 5. Davlat xizmatchilarining aktivlari va mulkiy manfaatlarini deklaratsiya qilish to’g’risidagi normalar to’liq emas; 6. Korrupsiya kelib chiqishining ob’ektiv sabablari iqtisodiy tizimga bog’liqligini nazarda tutgan xolda, mamlakatimizda nafaqat iqtisodiy tizim, balki xuquqiy tizimni takomillashtirishga o’ta muxim vazifa sifatida qaralmoqda; 7. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda eng ma’qul yo’l — bozor munosabatlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirishdir. Bunday zaruratni bozor tizimi rivojlangan joyda korrupsiya kuchsiz bo’lishi faktining xam e’tiborga olinganligidir. Mamlakatimizda izchil iqtisodiy o’sish va xalq farovonligini yuksaltirish borasida maksimal qulay sharoitlar yaratish maqsadiga qaratilgan demokratik isloxotlar faol davom etmoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning xuquqiy negizini barpo etadigan umumiy xisobda 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Isloxotlarning xuquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi. Ularning barchasi bugungi kunda iqtisodiyotimizni liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam xuquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor isloxotlari ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda; 8. Davlat xaridlari sohasi korrupsiya xavfi yuqori bo’lgan soha bo’lib qolmoqda. Shu sababli, davlat xaridlarini tashkil etish va tartibga solishning yangicha tizimini qaytadan ko’rib chiqish lozim; 9. Elektron vositalarini joriy etish va yanada kengaytirish, aholiga xizmat ko’rsatish va axborot berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlar korrupsiyaga qarshi ijobiy ta’sirga ega; 10. Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim. Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllantirilmoqda. Download 457.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling