Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari
Korrupsiyaga qarshi kurashning singapurcha strategiyasi
Download 457.82 Kb.
|
Kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrupsiyaga qarshi kurashning fincha strategiyasi.
Korrupsiyaga qarshi kurashning singapurcha strategiyasi. Ushbu strategiya qattiqqoʼllik va izchillik bilan ajralib turadi va “korrupsiya ustidan nazorat mantiqi”ga asoslanadi: “korrupsiyani tag tomiri bilan yoʼq qilishga qaratilgan harakatlar shaxsning poraxoʼrlik bilan bogʼliq harakatlar amalga oshirishga moyillik imkoniyatini ham, stimulini ham yaratadigan shart-sharotilarni minimal qilish yoki istisno qilishga intilishiga asoslangan boʼlishi lozim”. Mustaqillikni qoʼlgan kiritgan 1965 - yilda Singapur korrupsiya darajasi juda yuqori boʼlgan mamlakat hisoblanardi. Korrupsiyani pasaytirish taktikasi bir qator vertikal chora-tadbirlarga: amaldorlar harakatlarini tartibga solishga, byurokratik jarayonlarni soddalashtirishga, yuqori odob-axloq standartlariga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratga asoslangan. Uning markaziy boʼgʼiniga aylangan korrupsiya holatlarini tergov qilish boʼyicha mustaqil Byuroga fuqarolar davlat xizmatchilari ustidan arz qilish va yetkazilgan ziyonni qoplashni talab qilib murojaat qilish huquqiga ega boʼlgan. Shu bilan bir paytda qonunchilik talablari kuchaytirildi, sud tizimi mustaqilligi oshirildi (yuqori ish haqi va imtiyozli maqom berilgan holda), pora berganlik yoki korrupsiyaga qarshi tergov ishlarida ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun iqtisodiy jarima choralari joriy qilindi, shuningdek, bojxona xodimlari va boshqa davlat xizmatchilariga nisbatan yoppasiga ishdan boʼshatishga qadar boʼlgan qattiq choralar koʼrildi. Bu iqtisodiyotni qayta tartibga solish, amaldorlar ish haqini oshirish va yuqori malakali maʼmuriyat kadrlari tayyorlash bilan uygʼunlashdi. Hozirgi paytda Singapur korrupsiya yoʼqligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot borasida dunyoda yetakchi oʼrinlardan birini egallaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashning fincha strategiyasi. Ushbu strategiyaga xos boʼlgan xususiyat korporatsiya haqida maxsus qonun yoʼqligi hisoblanadi. Korrupsiya qattiq jinoyat turlaridan biri sifatida koʼrib chiqilgan va qonunchilik, meʼyorlar va boshqa nazorat tizimlarining barcha darajalarida tartibga solingan. Аmaldorlarning pora olganlik uchun nisbatan yumshoq – jarima toʼlashdan toʼrt yil qamoq jazosiga hukm qilinishigacha jazo belgilanishi Finlyandiyaga xos boʼlgan xususiyat hisoblanadi. Urushdan keyingi davrda ilgari juda yuqori boʼlgan proxoʼrlik darajasining keskin pasayishi roʼy berdi – 1945-1954-yillarda pora olganlik uchun 549 kishi jazolangan boʼlsa, 1980-1989 yillarda chiqarilgan bunday hukmlar soni 81 tani, 1990-yillarda esa 38 tani tashkil qildi. 1990-yillardan boshlab Finlyandiyada xalqaro vositalar foydalanila boshladi – 1997-yilgi Korrupsiyaga qarshi kurash Yevropa Ittifoqi Konventsiyasi, 1998-yilgi poraxoʼrlikka qarshi kurash Yevropa Kengashining korrupsiya bilan bogʼliq boʼlgan jinoiy va fuqarolik huquqi boʼyicha konventsiyasi, 2003-yil dekabrda Mexikoda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Download 457.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling