Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari


O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi


Download 457.82 Kb.
bet8/15
Sana06.02.2023
Hajmi457.82 Kb.
#1169257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi 2022

O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan maxsus vakolatli davlat organidir. Ushbu agentlik missiyasi: Davlat va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari va mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish.
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili eʼlon qilib boriladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi” da O’zbekiston 180 ta davlat orasida 2017 yilda 157-o’rin, 2018 yilda esa 158-o’rinni egallagan bo’lsa, 2019-yilda 25 ball bilan 153-o’rinni egallab, 5 pog’onaga ko’tarildi.
Bundan tashqari, Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksidagi “Korrupsiyadan holilik” indikatorida O’zbekiston 2019 yilda 0,38 ball bilan 95-o’rinni egallagan bo’lsa, 2020 yil bo’yicha 128 davlat orasida 0,40 ball bilan 89-o’rinni egallagan, 2021-yilda esa 2 pog’onaga ko’tarildi, bu esa malakatimizda korrupsiyaga qarshi tizimli olib borilayotgan islohotlarning samarasidir7.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo’yadigan adolat tuyg’usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rish zarurligi ta’kidlanmoqda va “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (28.01.2022-yildagi PF-60-son.) qabul qilingan va ushbu strategiyaning 84-maqsadi quyidagicha:
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot, shu jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

  • Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qoʼllab-quvvatlash.

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotida tizimli preventive choralarni kuchaytirish.

  • Аholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.

  • Normativ-huquqiy hujjatlarning “korruptsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlash.

Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, huquqni qo’llash amaliyotida mansabdor shaxslarning korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari hali hamon uchramoqda. Statistik maʼlumotlarga ko’ra, 2017–2019 - yillar davomida 6127 nafar mansabdor shaxsning pora olishi bilan bog’liq jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi, 2019 yilning dastlabki olti oyida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan korrupsiya bilan bog’liq 590 ta jinoyat ishlari qo’zg’atilganligi, korrupsiyaga qo’l urgan va jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelganligi, korrupsiya jinoyatlarining asosan tibbiyot, taʼlim, davlat xizmati ko’rsatish, xususan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga litsenziya va ruhsat berish bilan bog’liq sohalarda hali hamon kamaymayotganligi tashvishlidir8.





Download 457.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling