Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati
Download 457.82 Kb.
|
Kurs ishi 2022
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to’qnashuvini o’z vaqtida aniqlash va chek qo’yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o’zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida 2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha idoraviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo’lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan bugungi kunda6: – Ombudsmanning “1096” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda; – fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo’yicha hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to’g’risidagi murojaatlari tahlil qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig’ilishlarida muhokama qilinadi. – Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo’l-yo’riqlarni tushuntirish, xizmat vazifasiga qo’yiladigan asosiy majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar va idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay tushuntiriladi. – Vakilga korrupsiya bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarga eʼtibor qaratadigan bo’lsak, 2020-yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019-yil – 21 ta). Ushbu murojaatlardan 2 tasi o’z tasdig’ini topgan. 2019 - yil 27 - mayda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat: sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga qonunga xilof ravishda ta’sir o’tkazish shart-sharoitlarini istisno etish; davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga va yuqori lavozimlarga tayinlashning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag’batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro’yxatini belgilash; davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo’lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o’tashda manfaatlar to’qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; korrupsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish; davlat organlarining hisobdorligi va faoliyati shaffofligini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o’tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish. 2018 - yil 12 - aprel kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonga binoan, bojxona organlari tizimida korrupsiya ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustah-kamlash va davlat bojxona xizmati obro’sini oshirish O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O’z navbatida, bojxona organlarida korruptsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida Davlat Bojxona Qo’mita rahabtiyati tomonidan muhim vazifalar belgilab olingan. Bular jumlasiga: idoraviy korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ichki dasturni ishlab chiqish va uni barcha darajadagi bo’lim-postlarda samarali amalga oshirish; rahbarlar nazoratiga shaxsiy tarkib o’rtasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etilishiga sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish majburiyatini kiritish; korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun harbiy xizmatdan bo’shatilgan va lavozimidan chetlashtirilgan shaxslar haqida xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan film-roliklar tayyorlash va shaxsiy tarkib o’rtasida namoyish etish; shaxsiy tarkib orasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar profilak-tikasini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar. Download 457.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling