Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
Download 455.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiyot mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari. Raqobat
- Raqobatning vazifalari: 1) Tartibga solish vazifasi
- Innovatsion vazifasi
- Taqsimlash vazifasi
1 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injeniring fakulteti Zamonaviy iqtisodiyot fanidan Mustaqil ish Mavzu: Raqobat va monopoliya Topshirdi:Shamuratov Oralbay Qabul qildi : Xasanova Nigora 2 Reja: 1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari. 2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari. 3. Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari. 4. Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari. 3 Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari. Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidir. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat. Iste`molchilar o`rtasidagi raqobat. Resurs egalari o`rtasidagi raqobat. Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko`p foyda olishga qaratildi. O`zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko`proq omilli daromadga ega bo`lishga qaratiladi. Daromadlarning mavjud darajasida ko`proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya`ni sarflangan puli evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga qaratiladi. Raqobatning vazifalari: 1) Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat. 2) Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. 3) Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi. 4) Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan . 4 5) Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir o`tkazadi. 6) Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka yo`naltirilgan. Download 455.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling