8
Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini
talabga moslashtirishga harakat qilinadi.
Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish,
xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini
ifodalaydi.
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari:
Kapitalning to`planishi va markazlashish.
Fan – texnika taraqqiyoti.
Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.
O`zaro kelishish.
Monopoliyaning turlari
Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof
monopoliya, oligopoliya,
monopsoniya farqlanadi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka
hukmronlik holati
hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent
aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy
shaharlarida joylashgan) va h.k.
9
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p
bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud
bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: