Rashid zohid


Qalam – qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi (bugun turli nomlar bilan ataluvchi grafit qalam emas) Qur’oni karim


Download 0.83 Mb.
bet63/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Qalam – qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi (bugun turli nomlar bilan ataluvchi grafit qalam emas)

  • Qur’oni karim Olloh taolo tarafidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy orqali (mil.610-632y.) nozil qilingan ilohiy Kitob. Qur’oni karim – “Kitob” (yozuv), “Furqon” (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), “Zikr” (eslatma), “Tanzil” (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, “Nur” (yorug‘lik), “Hudo” (hidoyat), “Muborak” (barakotli), “Mubin” (ochiq-ravshan), “Bushro” (xushxabar), “Aziz” (e’zozlanuvchi), “Majid” (ulug‘), “Bashir” (bashorat beruvchi), “Nazir” (ogohlantiruvchi) kabi so‘zlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qur’on “Mushaf” nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Qur’onning 30 xil nom va sifatlarini sanab o‘tganlar.

  • Qo‘lyozma manba yozuv yaratilgandan buyon qo‘lda yozilgan barcha manbalar; ular kanday materialga yozilganiga ko‘ra turlicha aytilishi mumkin: tosh bitik, qog‘ozga yozilgan bitiklar, kitob shaklida tayyorlangan yodgorliklar

  • Hadis lug‘aviy ma’nosi “yangilik; har bir aytilgan so‘z yangi hodisa bo‘lgani uchun arablarda so‘zni “hadis” deyishgan; istilohda esa Payg‘ambarimiz Muhammad alayhisallomga nisbat berilgan so‘z, fe’l, taqrir va xilqat – tana tuzilishi yoki xulqdagi sifat hamda siyrat – tarjimai hol kabi ma’nolarni anglatadi

  • Hamd – faqat Olloh taolo uchun xoslangan maqtov

  • Hirot matnshunoslik maktabi – Amir Temurning nevarasi, Shohruhning o‘g‘li Boysunqur Mirzo (1397-1434) nomi bilan bog‘liq. Saroyning Humoyun kutubxonasidagi kitoblar sonini keskin ko‘paytirib, uning qoshida maxsus kitobat guruhi tashkil etdi. Zamona tarixchilarining xabar berishlaricha, bu mehnat jamoasi 40 nafar atrofida bo‘lib, u erda mashhur xattotlar, naqqosh va musavvirlar, sahhof va muzahhiblar ilmiy va ijodiy ish olib bordilar. Tarixda nasta’liq xatining ravnaq topishi va shuhrat qozonishi ayni shu Hirot matnshunoslik maktabining faoliyati bilan bog‘liq

  • Hoshiya – qo‘lyozma matn tevaragidagi bo‘sh joy (ba’zan asosiy matndan tushib qolgan so‘z, jumlalar hoshiyada ko‘rsatiladi, ba’zan asosiy matn izohi yoki sharhi ham hoshiyaga yozilishi mumkin)



    Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling