Растворы для наружного применения. Инъекции
Download 1.37 Mb.
|
Суюк дори шакллари 3 занятие
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol. Tog’ jumurt (Frangula) suyuq ekstraktidan 20 ml retsept yozib berilsin. 20 tomchidan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
- Суспензия — Suspensio
Экстрактлар-ўсимлик хом ашёсидан, сув, спирт ёки эфир ёрдамида ажратилиб, кейин эритувчини буғлантириш йўли билан ҳосил қилинади. Экстрактлар 1:1 ёки 1:2 концентрацияларда тайёрланади, настойкаларга нисбатан экстрактларда модда миқдори юқори концентрацияда бўлади. Экстрактлар суюқ (Ext. fluidum), қуюқ (Ext. spissum), қуруқ (Ext. siccum) бўлади. Экстрактни ёзиб беришда рецепт дори шаклининг номидан бошланиб, кейин ўсимликнинг номи, микдори, уни ишлатиш усули ёзиладиSuyuq ekstraktlar– (Extractum fluidum) o‘simlik xom-ashyosidan asosan spirt yordamida olinadigan konsentrlangan ajratmalardir. Ularning tayyorlanish texnologiyasi ham tindirmalarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular ham tomchilarda dozalanadi va retsept yozishda o‘simlikning nomidan keyin ekstraktning turi (suyuq – fluidum) albatta ko‘rsatiladi, so‘ngra esa uning miqdori belgilanadi. Misol. Tog’ jumurt (Frangula) suyuq ekstraktidan 20 ml retsept yozib berilsin. 20 tomchidan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin. Rp.: Exstracti Frangulae fluidi 20 ml. D.S. 20 tomchidan 2 mahal ichish uchun Novogalen preparatlar- o‘simlik xom-ashyosiga maxsus ishlov berish natijasida olinadi va ichish uchun hamda parenteral yo‘l bilan yuborish uchun ishlatiladi. Novogalen preparatlarning hammasi ofitsinal bo‘lib, har birining maxsus nomi bor. Ichish uchun ishlatiladigan novogalen preparatlar flakonlarda, in’eksiya qilish uchun mo‘ljallanganlari esa ampulalarda chiqariladi. Ichish uchun buyuriladigan novogalen preparatlarga retsept yozishda preparatning nomi va miqdori ko‘rsatiladi, konsentratsiyasi esa ko‘rsatilmaydi. Misol: 15 ml Adonizid (Adonisidum) ga retsept yozib berilsin. 15 tomchidan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin. Rp.: Adonisidi 15 ml. D.S. 15 tomchidan kuniga 3 mahal ichilsinСуспензия — Suspensio —суюқ дори шаклидир, уларда майдаланган, сувда эримайдиган қаттиқ дори моддалар бўлади. Суспензиялар сиртга ишлатиш, мускуллар орасига ва бўшлиқлар орасига юбориш учун буюрилади. Суспензиялар ичишдан олдин чайқатилади. Ичишга мўлжалланган суспензиялар таркибидаги қаттиқ дори моддаларининг майдаланиш даражаси кукунларга нисбатан юқоридир, натижада улар организмга тез таъсир этади, рецептда кенгайтирилган ва қисқартирилган турда ёзилади. Суспензия таркибида модда ва сув бўлса, рецепт қисқартирилган турда ёзиб берилади: Rp.: Susp. Hydrocortisoni acetatis 0,5% - 10 ml. D.S. 2 томчидан хар бир кўзга кунига 4 марта. Rp.: Suspensionis Griseofulvini 100 ml D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Ishlatishdan oldin chayqatilsin!Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling