Ravish so’z turkumi


Ehtimol,bu onasidan yagona esdalik.(modal so’z


Download 336.99 Kb.
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi336.99 Kb.
#1130846
1   2   3   4   5
Bog'liq
alohida so`z turkumlari

Ehtimol,bu onasidan yagona esdalik.(modal so’z)
Chamasi,hammasining og’zi tekkan ekan o’sha go’shtga(modal so’z)
Gulchehraning chamasi to’g’ri chiqadi. (ot so’z turkumi).

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Undov va taqlid so`zlar hamda ularning ifodalanishi.


Taqlid so’zlar
Inson,hayvon va narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni ifodalovchi so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Masalan: gup-gup, taq-taq. Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishga ko’ra ikki xil bo’ladi.
Tovushga taqlid so’zlar. Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar hisoblanadi. Masalan: biliq-biliq, g’a-g’a(o’rdak ovoziga taqlid), dit-dit(mashina signaliga taqlid).
Insonga xos tovushlarga taqlid: xa-xa-xa, hi-hi-hi, xax-xax-xa, hingir-hingir (kulgiga taqlid), big’-big’, inga-inga, miz-miz, ar-ar, ho’ng-ho’ng, ho’ngir-ho’ngir(yig’iga taqlid), bidir-bidir, duk-duk, qult-qult, pix-pix, chalp-chulp, qars-qurs, qiy-chuv, qasir-qusur, tars-turs, tars, shapur-shupur;

Jonzodlar chiqargan tovushga taqlid: vov, uv-uv, irr, ing-ing, ang-ang (kuchukning hurishiga,irillashiga taqlid), xur-xur, miyov-miyov, mav (mushukning miyovlashiga taqlid), vaq-vaq,vaqur-vuqur (qurbaqaning vaqillashiga taqlid), viz-viz, g’uv-g’uv(qo’ng’iz,ari va boshqa hashorotlarning uchishiga taqlid), qa-qa-qa, qag’-qag’, pit-bildiq, parr(qushlarning tovushiga xos taqlid);
Tabiat hodisalari chiqargan tovushga taqlid: gumbur-gumbur, jangir-jungur, taqir-tuqur, shuv-shuv, shar-shar, chars-churs, g’arj-g’urch
Holatga (obraz) taqlid: Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so`zlar holatga taqlid so`zlar sanaladi. Masalan: yalt, yilt-yilt, lip-lip, jimir-jimir, milt-milt, lov-lov, alang-jalang, lim-lim, hang-mang, duv-duv, vij-vij, gir-gir, hil-hil, g`ir-g`ir, yalt-yult, hilp-hilp, dang-dang, lang, dik-dik, lapang-lapang.

Download 336.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling