Ravish so’z turkumi


Morfologik xususiyati: Taqlid so`zlarning morfologik xususiyati quyidagilardan iborat


Download 336.99 Kb.
bet3/5
Sana27.01.2023
Hajmi336.99 Kb.
#1130846
1   2   3   4   5
Bog'liq
alohida so`z turkumlari

Morfologik xususiyati: Taqlid so`zlarning morfologik xususiyati quyidagilardan iborat:
Taqlid so`zalar egalik va kelishik qo`shimchalari bilan o`zgaradi. Masalan: Ko`chadan qadamlarning tapir-tupuri eshitilib turardi.
Salimaning yuragiga chaqmoq gumbur-gumburining dahshati yanada qo`rquv solardi.
Taqlid so`zlar yasalish xususiyatiga ega emas,ammo boshqa turkum yasalishiga xizmat qiladi: Masalan: yaltira(fe`l), jizza(ot), gurros(sifat), hilpira(fe`l), sharshara(ot), jimirlamoq(fe`l)
Taqlid so`zlar tuzilishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
sodda taqlid so`zlar: yarq, ship, taq, qiyq, qars, quv, yilt, mu
juft taqlid so`zlar:
alang-jalang, taraqa-turuq, apil-tapil, tars-turs
takror taqlid so`zlar: gumbur-gumbur, gurs-gurs, tars-tars, lip-lip
Juft va takror taqlid so`zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Allakim, ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo`lardi.
Taqlid so`zlar egalik va kelishik qo`shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan: Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan qulog`imiz bitib qolayozdi.
Sintaktik vazifasi.
1) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida: Masalan: Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g`o`ng`ir-g`o`ng`ir ovozdan uyg`onib ketdim.
2) hol vazifasida: “Viz-viz” uchib arilar, Gul o`par, sharbat yalab ( Q.Muhammadiy)
3) ot kesim vazifasida: Amakimning uyida bunaqa kitoblar g`ij-g`ij
Taqlid so`zlar otlashganda ega, to`ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifasida ham keladi.
1. Ega vazifasida: Atrofdagi ovozga gala-gala chug`urchiqlarning vijir-vijiri eshitilardi.
2. Qaratqich -aniqlovchi vazifasida: Shivir-shivirning oxiri nima bilan tugashini bila olmadim.
3. To`ldiruvchi vazifasida: Komila uyda yolg`iz o`tirib, uy tomidan tomayotgan yomg`irning shitir-shitirini tingladi.

Download 336.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling