Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AMALIY ASOSLARI 7-mavzu. O‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi
o‘zini o‘zi boshqarish;o‘zini o‘zi baholash; o‘zini o‘zi yo‘naltirishi. Foydalanish uchun adabiyotlar:Дудина М.М., Хаматнуров Ф.Т. Основы психолого-педагогической диагностики / Учеб.пособие. – Екатеринбург: Изд-во Рос.гос.проф.-пед. унив- та. 2016. – 190 с. Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17. Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. – Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b. Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с. Yo‘ldoshev J.G‘., Shirinov M.K., Ochilov F.I. Pedagogik diagnostika / O‘quv-metod.qo‘ll. – 2014. – 96 b. BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AMALIY ASOSLARI 7-mavzu. O‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasiReja:Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini tashxislashdagi o‘rni. P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “O‘quvchilarning o‘quv materiallari matni bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi. Tayanch tushunchalar: metod, tashxis metodi, metodika, tashxislovchi metodika. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini tashxislashdagi o‘rni. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida pedagogik diagnostikani tashkil qilishda tashxislovchi metodlar bilan birga psixologik- pedagogik xarakterga ega mualliflik metodikalari ham qo‘llaniladi. Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari shaxsning individual psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va vositalari yig‘indisi. Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash maqsadida qo‘llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom bilan “psixologik testlar” deb nomlanadi63. Metodikalarning bunday nomlanishi xato. Zero, metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa, “metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi. Shu sababli ayni o‘rinda “metodika” tushunchasining mohiyatinitushunib olish talab qilinadi. Metod (yun. “methodos” — put issledovaniya ili poznaniya) – ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; “doimiy ravishda rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, usullar va qadamlar, harakatlar”64. Etimologik nuqtai nazardan “metodika” tushunchasi “metod” + “ika” qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan. Rus tilida “ika” (eka, teka, dika) qo‘shimchasi “saqlanadigan joy”, “jamlanma” ma’nolarini bildiradi. Masalan, Biblioteka – Bibliyalar saqlanadigan joy; kartoteka – yig‘ilib, tartiblangan, mazmun bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlar qayd qilingan bir xil hajmdagi kartochka yoki varaqalar jamlangan joy; metodika – metodlar jamlanmasi. Biroq, ayni o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, metodika faqatgina metodlar yig‘indisidan tashkil topmaydi. Nazariy jihatdan metodika muayyan maqsadga 63 Педагогическая диагностика // https://www.gumer.info/bibliotek_Buks/Pedagog/konspekt/66.php. erishish yo‘lida o‘qituvchi tomonidan tanlangan pedagogik faoliyat shakllari, metodlari va vositalarining yig‘indisidan tarkib topadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling