Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet69/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Rasman e’tirof qilingan metodikalar. Bu guruhga testlar, anketalar, loyihaviy texnika metodikasi (loyihalar yoki modellar), psixologik-fiziologik metodikalarni kiritish mumkin. Bu guruhga kiritilgan metodikalar uchun quyidagi xususiyatlar xos:

vaqtning aniq belgilanganligi;
tekshirish yoki sinovning moddiylashganligi (ko‘rsatmagan qat’i amal qilinishi; taqdim etilgan materialga nisbatan rug‘batni yuzaga keltirish
usullarining qat’i belgilanganligi;
tashxis jarayoniga sub’ektlar ta’sirining bo‘lmasligi va boshqalar); standartlashganlik (ya’ni, tashxislovchi tadqiqot natijalarini qayta ishlash
hamda taqdim qilishning belgilangan yagona talabga muvofiq amalga oshirilganligi);

ishonchlilik; haqqoniylik.





  1. Kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalar. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik-psixologik kuzatish; suhbatlar; faoliyat natijasida yaratilgan mahsulotlarni tahlil qilish. Pedagogik jarayonda bu turdagi metodikalardan foydalanish bir muncha qiyin kechadi. Masalan, psixologik-pedagogik kuzatish ba’zan bbir necha oy davomida olib boriladi. Kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalarni rasman e’tirof qilingan metodikalarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Zero, ular bir-birini to‘ldiradi. Tashxislashni to‘laqonli amalga oshirish uchun har ikki guruhga kiruvchi metodikalarni birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Misol uchun test natijalarini tahlil qilishda qo‘shimcha ravishda intervyu, suhbat va psixologik-pedagogik kuzatishdan iborat metodikadan foydalanish yanada samarali hisoblanadi.

Ta’lim jarayonini samarali tashxislovchi metodikalar orasida bugungi kunda P.I.Tretyakov66 tomonidan asoslangan “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” va G.A.Russkiy67 tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchilarning o‘quv materiallari bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikalar alohida o‘rin tutadi.


  1. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling