Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
158
Yevropa klassik musiqa namoyondalarining skripka for¬tepiano domra, balalayka, 
ksilafon, bayan, klarnet va shunga o‘xshash cholg‘ular uchun ijod et gan asarlarini 
mohirona ijro etmoqdalar.
Sozandaga qulaylik hamda ijrochilik erkinligini tashkil etish uchun changga 
yog‘ochdan uchta maxsus 82 santimetrli oyoqlar o‘rnatildi. Ijro vaqtida chang sadolarini 
vaqti-vaqti bilan so‘ndirib turish uchun pedal mexanizmi bilan boshqaradigan dempfer 
qurilmasining o‘rnatilishi natijasida chaqqon texnik mahorat bilan ijro etiladigan hamda 
rez uslublarini qo‘llab chalinadigan asarlarning sof sadolanishiga puxta zamin yaratildi.
[1]
Mazkur yangicha ishlangan chang asbobining kadimiy changlardan asosiy afzalligi 
shundaki, uni takomillashtirish natijasida jahondagi barcha xalqlar musiqa madaniyati 
hamda professional musiqa ijodiyotidan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratil¬di. Bu 
esa cholg‘uning sadolanish qudratini oshirib, ijrochilik mahoratini yuksak darajaga olib 
chiqish yo‘lini yanada boyitdi. Har xil millat xalqlari xamda xalq ommasi orasida cholg‘u 
san’ati va o‘zbek musiqa madaniyatini targ‘ib qilish uchun zamin hozirladi.
Xulosa qilib aytganda chang sozining qayta yasalishi o‘zbek milliy ijrochilik san’atini 
ma’lum darajada boyitdi. Milliy musiqa madaniyatini bir qancha horijiy mamlakatlarda 
targ‘ibot qilishda chang sozi muhim ahamiyat kasb etdi.
Vatanimizning mashhur va eng katta konsert zallarida chang sozi ustalari O‘zbekiston 
xalq artisti, Davlat mukofoti laureati Baxtiyor Aliyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
san’at arboblari Faxriddin Sodiqov, Po‘lat Rahimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
artist Fozil Xarratov, Axmad Odilov, 1-jumhuriyat yosh ijrochilar tanlovining g‘olibi 
Fazilat Shukurova, sozandalar Tilash Xo‘jamberdiyev, Tohir Sobirov, Abdusalom 
Mutalov,Temur Maxmudov, Ibrohim Xolbekov, Boku shahrida 1986 yili o‘tkazilgan 
tanlovda sovrindorlikni qo‘lga kiritgan O‘ktam Ergashev kabilarning turli yillarda 
muvaffaqiyatli va be’takror chiqishlarini tomoshabinlar samimiy olqishladilar. 
Shuningdek, ular radio to‘lqinlari va televizor ekranlari orqali professional ijrochilik 
san’atini mahorat bilan elga manzur qildilar. Sozandalarning bunday sermazmun va 
yorqin ijodiy parvozlari O‘zbekiston kompozitorlarini chang cholg‘usi uchun original 
asarlar yaratishga da’vat etdi. Kompozitorlardan I.T.Admoni, S.Boboyev, I.Hamroyev, 
A.Otajonov, M.Tojiyev, N.Zokirov, M.Nasimov T.Toshmatov, S.Varelas T.Azimov, 
B.Giyenko, T.Xasanov, S.Karim-Hoji, F.Sodikov, H.Rahimov, F.Alimov, Z.Mirolimova, 
N.Gʻiyosov, A.Odilov va R.Tursunov kabi taniqli va mashhur ijodkorlar hamda yosh 
bastakorlarning asarlari tinglovchilar tomonidan samimiy olqishlandi.
O‘zbekistonda bugungi kunda bolalar musiqa va san’at maktablari, musiqa va 
san’at kollejlari va Akademik liseylari, shuningdek, pedagogika institutlarining musiqa 
fakultetlari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va “O‘zbekiston davlat san’at va 
madaniyat” institutida tahsil olayotgan iste’dodli yoshlarimiz ijrochilik san’ati sirlarini 
tajribali va mohir san’atkor ustozlardan o‘rganmoqdalar.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda o‘zini namoyon eta oladigan yorqin sozandalar 
tarbiyalanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lsada, jahon miqyosida chang 
chalish sozandachilik san’ati bilan dovrug‘ yoyish darajasiga erishgan san’atkorlarimiz 
yetarli darajada emas. Chunonchi, xalq va zamon talabini qondira oladigan changchi 
sozanda bo‘lib yetishish uchun muntazam ravishda har kuni tinimsiz izlanish, mustaqil 
mashg‘ulot olib borish talab etiladi. Mashg‘ulotlarni ongli ravishda aniq vazifalar qo‘yib, 
unumli o‘tkazish lozim. Yosh sozanda kelajakda mohir sanatkor bo‘lib yetishishi uchun 
soz chalgan vaqtda quyidagi masalalarga qat’iy rioya qilish lozim bo‘ladi:
– chang chalish paytida erkin, tabiiy o‘tirish xolatida bo‘lishi;



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling