Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALARNI LOGOPEDIK O‘QITISH VA TEKSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKL VA USULARI Tayanch so`zlar
- Ключевые слова
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
52 Akramova X.S. JDPU Maxsus pedagogika kafedra dotsenti Bozorboyev J.D. 70110401 - Maxsus pedagogika, Defektologiya (Logopediya) mutaxassisligi 2- bosqich magistri BOLALARNI LOGOPEDIK O‘QITISH VA TEKSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKL VA USULARI Tayanch so`zlar: nutqning normal va nuqsonli rivojlanishida nutq va kognitiv funksiyalarning o’zaro bog’liqligi, didaktik material, psixologik o’rganish, ta’lim, hissiy aloqa, artikulyar apparatlar va fonemik eshitish, tahlil va sintez. Ключевые слова: взаимообусловленность речевых и познавательных функций при нор- мальном и дефектном развитии речи, дидактическом материале, психологическом обучении, образовании, эмоциональном общении, артикуляционном аппарате и фонематическом слухе, анализе и синтезе. Key words: interdependence of speech and cognitive functions in normal and defective development of speech, didactic material, psychological learning, education, emotional communication, articulatory devices and phonemic hearing, analysis and synthesis. Pedagogika - psixologiya va logopediya fanida shakllantiruvchi metodlardan ham keng foydalaniladi. Shakllantiruvchi metodlarning samaradorligi shundaki, bola ruhiyatining rivojlanishini, ruhiy hodisalarning mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanmasdan, balki eksperiment natijasida ta’lim-tarbiya berish ko’zda tutiladi. Diagnostik metodlar shaxs yoki jamoaning ruhiy va shaxsiy xususiyatlarini aniqlashda miqdoriy va sifat jihatdan aniq tasniflashga imkoniyat yaratganligi uchun psixologiya fanining hamma sohasida keng qo’llanilmoqda. Asosan bular testlardir. «Test» ingliz tilidan olingan bo’lib, sinov, tajriba degan ma’noni bildiradi. Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug’uruqqacha, tug’uruq vaqtidagi va tug’uruqdan keyingi davri to’g’risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlarni bilish zarur. Tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o’tkazadi. Ota-onalar bilan suhbatda logoped oilada bo’lib o’tgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog’liq holda bolalarning umumiy nutq taraqqiyotining o’ziga xos tomonlarini aniqlaydi. Bolaning tug’uruqkacha, tug’uruq vaqti va tug’uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o’ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi: a) tug’uruqqacha bo’lgan davr. Ona bilan suhbatda logoped ba’zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola tug’ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo’lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi? Shuningdek, bolaning tug’uruqqacha bo’lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi? – onaning bola tug’ilayotgan vaqtdagi yoshi; – onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya); – homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat yeyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo’lganmi?; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling