Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64
Odatda, seminar mashg‘ulotlari belgilangan mavzular bo‘yicha muayyan masalalarning 
bahs-munozara asosida tahlil qilishga asoslanadi. Bugungi talablar zamonaviy ta’lim har 
bir o‘quv mashg‘ulotining talabalar o‘quv-bilish faoliyatidagi faolligiga asoslanishi taqozo 
etadi. Talabalarda ta’limiy faollikni oshiruvchi omillardan biri – innovatsion texnologiyalar 
bo`lib bu texnologiyalar interfaol metodlarni qo`llash orqali amalga oshirilishi ekanligi 
nazarda tutilsa, seminar mashg‘ulotining tarkibiy tuzilmasida ushbu metodlar yordamida 
bajaraladigan topshiriqlarning bo‘lishi kutilgan natijaga erishishni ta’minlaydi.
Interfaol metodlar turli murakkablikdagi o‘quv materiallarini juftlikda, kichik guruhlar 
va katta guruhda talabalar tomonidan birgalikda, o‘zaro o‘zlashtirish imkonini beradi. 
Talabalarning bilish imkoniyatlarini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda 
interfaol metodlarning o`ni va ahamiyati kattadir.Zero, interfaol metodlar zamonaviy 
ta’limda ta`lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish, ularda ta’lim olishga bo‘lgan amaliy 
ko`nikmalarni shakllanishidagi rag`batni kuchaytirish imkoniyatiga ega. Interfaol metodlar 
yordamida o‘zaro juf ta`lim oluvchilarning juftlikda, kichik va katta jamoalarda ta’lim 
olishlari esa ular tomonidan o‘quv masalalarining har tomonlama tahlil qilish imkonini 
beradi. Shu sababli fan o‘qituvchilari pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda interfaol 
metodlarni samarali qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir.
Quyida pedagogika nazariyasidan “Fuqarolik tarbiyasi”dagi seminar mashg`ulotining 
innovatsion texnologiyalarini qo`llash tajribasini keltiramiz:
I.Blts-so`rovlar o`tkazish:
1.Fuqaro kim?
2. Fuqarolik tarbiyasi tarifini ayting va tushuntiring.
3.Fuqarolik tarbiyasi maqsadi? 
4. Fuqarolik tarbiyasi vazifalari?
5. Respublika bosh qonunida shaxsning qanday huquqlari kafolatlanadi?
6. Davlat ramzlari nima va uning ijtimoiy ahamiyatini ayting.
7. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish yo`l va usullarini tushuntiring.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling