Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- YORDAMCHI MAKTABDA TA’LIM JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNI O`ZIGA XOSLIGI Tayanch so`zlar
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
79 Akramova X.S. JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri, dotsent Safarov M. Maxsus pedagogika, Defektologiya (Logopediya) mutaxassisligi magistranti YORDAMCHI MAKTABDA TA’LIM JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNI O`ZIGA XOSLIGI Tayanch so`zlar: tuzatish-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari, aqliy zaif bolalar, pedagoglar, psixologlar. Ключевые слова: коррекционно-педагогические и лечебно-оздоровительные мероприя- тия, умственно отсталые дети,педагоги, психологи. Key words: correction-pedagogical and treatment-wellness activities, mentally retarded children,educators, psychologists. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiya ishlari va unga qo’yilgan davr talabi o’quvchilarning psixologik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash, ularni. mehnatga, hayotga tayyorlashni ko’zda tutadi. Maxsus maktabda ta’limning mazmuni ta’lim va tarbiyaning-maqsadi bilan uzviy bog’liq bo’lib, o’quv rejalarida, dasturlarida va darsliklarida ochib beriladi. Ta’limning mazmuni hozirgi darajaga yetguncha o’ziga xos taraqqiyot davrlarini bosib o’tgan. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, aqli zaif bolalar nuqsonlarini tuzatish va boshqa qator masalalarni rivojlantirish borasida ko’p ishlar qilinmoqda. Maxsus maktablardagi darsga qo’yiladigan asosiy didaktik talablardan biri uning tuzatish tarbiyalash yo’nalganligidir. Bularning hammasi o’qituvchining ishni shunday rejalashtirishini taqoza etadiki, bunda sinf bilan frontal ishlashda har bir o’quvchining individual ikoniyatlari hisobga olinsin. Bunda individual yondoshish va o’quvchilarga differentsial munosabat, ularning imkoniyatlariga tayangan holda, darsdagi frontal ishga hamma bolalarni jalb etishga qaratiladi. Yordamchi maktab, yordamchi maktab-internatlar, aqli zaif bolalar bog’chalarida barcha ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi, tashkil yetuvchi o’qituvchi, tarbiyachilar - oligofrenopedagoglar deb yuritiladilar. Oligofrenopedagoglar o’qituvchi, tarbiyachi, ilmiy bo’lim mudiri, tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor vazifalarida ishlashi mumkin. Oligofrenopedagog ishi maorif vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizom asosida belgilanib, yosh avlodga tarbiya, umumta’lim fanlaridan bilim berish hamda mehnat tayyorgarligi berishni kuzda tutadi. Oligofrenopedagog o’quvchilarni atroflicha pedagogik o’rganish asosida butun ta’lim- tarbiya ishlarini rejalashtiradi, aqli zaif o’quvchilarning jismoniy va ruhiy nuqsonlarini tuzatadi, ularning harakat sistemalarini to’g’rilab boradi, bilish faoliyatlarini shakllan-tiradi va shular asosida o’quvchilarda xarakter va madaniy xulq-atvor normalarini tarbiyalab boradi. U aqli zaif bolalarning ota-onalari, jamoatchilik bilan ham tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Maktabni bitirib ketgan hamma o’quvchilar bilan muntazam aloqa bog’lab katamnesik ma’lumotlar yig’ib boradi. Ularning ishga joylashishlariga yordam beradi. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganib, ommalashtirib boradi. Oligofrenopedagoglar maorif tizimida ishlayotgan barcha pedagoglar foydalanadigan huquqlardan foydalanadilar. Nuqsonli bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling