Referat bajardi: Tekshirdi: Reja adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta audiokitob 2205 ta


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1488585
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif

Primatlar (Primates) turkumi vakillari uchun oldingi miya yarim
sharlarining kuchli taraqqiy etganligi, miya yarim sharlarining po’stlogida
burma va ariqchalar murakkab sistema hosil qilganligi xarakterlidir. Bu
esa maymunlar oliy nerv faoliyati yuqori darajada rivojlanganligidan
dalolat beradi. Ularning katta barmog'i boshqa barmoqlariga qarshi turadi
va panjalari tutqich bo’ladi. Primatlar turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi
va ular 2 ta kenja turkumga bo’linadi.
1. Chala maymunlar (Prosimii) kenja turkumi vakillarining o’lchami
kichik va o’rtacha kattalikda bo’lib, ko’pchiligining barmoqlari uchida
tirnoqlari bor. Ular asosan Madagaskar orolida tarqalgan. 52 ta turi
bor. Tipik vakillari ingichka lori, yo’g'on lori, indri, variy, qil — oyoq
yoki ay—aydir; tupay va uzunoyoq degan turlari esa Janubi — Sharqiy
Osiyoda yashaydi. Dumi uzun, tumshug'i cho’zilgan.
32-rasm. Chala maymunlar (Prosimii) kenja turkumi vakillari
2. Haqiqiy maymunlar (Simia) kenja turkumi vakillari hayvonot
olamining eng yuqori taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. 150 dan ortiq
turi bor. Bularga faqat Janubiy Amerikada tarqalgan uzun dumlari
bo’lgan yonoqi va gajak dumli baqiroq maymunlar kiradi. Kenja
turkumiga yana Afrika martishkalari, makaklar, pavianlar, mandrillar, vakillari: 1-lemur
vari, 2-ingichka lori,3-martishka, 4-dumsiz makak, 5-qora revun, 6-gorilla,7-shimpanze,
8-orangutan.
Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan gibbonlar hamda
Alrikada tarqalgan shimpanze, gorilla va Janubiy—Sharqiy Osiyoda
yashaydigan orangutan kabi odamsimon maymunlar kiradi.
Zoologiya sistemasi nuqtai nazaridan bu kenja turkumga odamlar
oilasiga mansub bo’lgan aqlli odam (Homo sapiens) turi ham kiritiladi.
Bu turdan oldin bir qancha odam turlari yashab tgan: avstralopiteklar,
pitekantroplar, sinantroplar va neandertallar. Odam morfologik jihatdan
bosh miyasi juda kattaligi va bosh miya yarim sharlar po’stlog'i kuchli
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Odam hayvonot olamidan ajralib


chiqqan ijtimoiy mavjudot bo’lib, ongi bilan farq qiladi.
33-rasm. Haqiqiy maymunlar (Simia) kenja turkumi vakillari
Sut emizuvchilarning ajdodlari paleozoy davrida yashagan, hali reptiliyalarga
xos bo’lgan spetsi k belgilarga ega bo’lmagan reptiliyalar bo’lgan. Aksariyat 
turlarida ikkilamchi suyak tanglay bo’lgan. Kvadrat suyak va pastki jag’ning
qo’shuvchi suyaklari reduksiyalangan.
Sut emizuvchilar evolyutsiyasining progressivlanishi ularda tana
temperaturasining baland bo’lishi, termoregulyatsiya, tirik tug’ish va asosan
nerv sistemasining yaxshi rivojlanishi natijasida bo’lgan. Bu holatlar
darrandalarda turli-tuman sharoitga tez moslashish va tez javoba qaytarish
imkonini bergan.
Morfologik nuqtai nazardan qaraganda,bu yurakning to’rt kameraga bo’linishi,
arterial va venoz qonning qo’shilishiga imkon bermaydigan o’ng aorta yoyi
paydo bo’lishi, oziqni yutish vaqtida ham nafas olishga imkon beruvchi
ikkilamchi tanglay bo’lishi, termoregulyatsiyada katta rol o’ynaydiganteri
qoplamining murakkablashuvi va ikkilamchi miya gumbazi hosil bo’lishida
ko’rinadi. Sut emizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo’lgan formalar yerda,
yura davrining o’rtalarida paydo bo’lgan deb faraz qilinadi. Ular biologik
nuqtai nazardan hashorotxo’rlarga yaqin bo’lgan. Bosh miyasi kichik bo’lishiga
qaramasdan, har holda yirtqichyitrqich tishli reptiliyalarnikidan kata bo’lgan.
Uch tepalilarning asosiy guruhi pantoteriyalar . Ular haltalilar va
plantosentalilarning boshlang’ich formalari bo’lgan. Hozirgi vaqtda sut
emizuvchilar sin poli letik, ya’ni ularning ayrim guruhlari, bir necha yirtqich
tishli reptiliyalar turlaridan kelib chiqqan degan kr alohida o’rinni egallaydi.
Bu kr ko’p tepachalilar guruhidan kelib chiqqan bir teshiklilarga daxldor.
Sghu bilan bir qatorda xaltalilar va plasentalilar qirilib ketgan pantoteriyalar
bilan birga kelib chiqishi umumiy bo’lgan tabiiy guruh ekanligi shubha hosil
qilmaydi.
4.Sut emizuvchilar evolyutsiyasi


Sut emizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo’lgan formalar yerda, yura davrining
o’rtalarida paydo bo’lgan, deb faraz qilish mumkin. Bular uch tepachalilar deb atalganlar.
Ularning tishi ko’p tepalilarnikiga nisbatan kamroq ixtisoslashgan. Tishlar qatori yaxlit.
Uch tepachalilar asosan hashorotxo’rlar, ehtimol ayrim vaqtlarda mayda hayvonlar va
reptiliyalar tuxumi bilan oziqlanuvchi kichik hayvonlar bo’lgan. Biologic nuqtai nazardan
qaraganda, yerda va daraxtda yashovchi hashorotxo’rlarga yaqin bo’lgan. Uch
tepalilarning asosiy guruhi pantoteriyalar(pantotheria). Ular xaltalilar, plasentalilarning
boshlang’ich formasi bo’lgan. Xaltalilar bo’r davrida paydo bo’lgan. Ularning eng
qadimgi qoldiqlari SHimoliy Amerika, Yevropaning tuban uchlamchi davridan topilgan.
Shu davrning oxirlarida ular o’ziga nisbatan ancha yuqori tuzilgan hayvonlar tomonidan
siqib chiqarilgan. Hozir ular faqat Avstraliyada, Yangi Gvineyada, Tasmaniyada, Janubiy
Amerikada (1 turi) va Sulaves orolida (1 turi) tarqalgan.
Sut emizuvchilarning ahamiyati
Ko’pchilik sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga, tabiatga katta foyda keltiradi. MDH
da 350 tur sut emizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi
o’rinda turadi. Eng Ko’p ovlanadigan sut emizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur),
yirtqichlar(41 tur), juft tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonlar (5 — 8
tur) va hasharotx rlar (5 tur) turkumlarining vakillari kiradi.
Eng qimmatbaho mo’yna olish uchun tiyin, tulki, "oq tulki (peses),quyon, sassiqq zon,
ko’k suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, bobr,sug'ur, ondarta, yenotsimon it, suvchayqar
yenotlar ovlanadi va bu hayvonar mo’ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. MDH
da mo’ynachalikdan tashqari tuyoqli sut emizuvchilarni tutish yaxshi rivojlangan. Go’sht,
teri va dorivor mahsulotlar olish uchun haryili 500 — 600 ming bosh atrofida tuyoqli sut
emizuvchilar ovlanadi. Masalan, los, t ng'iz, elik, maral, shimol bug'usi va sayg'oqlar
shular jumlasiga kiradi. Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sut emizuvchilar
inson hayotida katta ahamiyatga ega. Maxsus m ynachilik fermalarida sobol, norka, oq
tulki, nutriya va shinshillalar m yna uchun k paytiriladi.Qoramollardan zbekistonda qora


—ola, qizil dasht, bushuyev, simmental, shvis, Qozog'iston oqboshi, santa—gertruda,
shortgom zotlari boqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va g shtli zotlari, Yaroslavl
tUtli zoti, Xolmogor sutli zoti, Olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq
— ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng loylaniladi. Inson hayot faoliyatida sut
emizuvchilarning ayrim turlari (ol, eshak, ho’kiz, it, fil) ish hayvonlari,sport va qo’riqchi
hayvonlar sifatida katta ahamiyatga ega.
Bizning mamlakatimizda zararli sut emizuvchilar qatoriga asosan
kalamushlar, sichqonlar va yumronqoziqlar kiradi. Kalamushlar uy
vaomborlarda iste!mol qilinadigan ozuqa mahsulotlarini yeb q yishdah
tashqari, parrandachilik va ch chqachiMkfennalaridatuxum, jo’ja, tovuq va
cho’chqa bolalarini qirib, xo’jaliklarga katta zarar keltiradi.Janubiy tumanlarda
kalamush va uy sichqonlari yoz paytlari qishloq Xo’jalik ekinlariga katta zarar
keltiradi. Oddiy dala sichqoni, jamoatchi dala sichqoni, rmon sichqoni,
yumronqoziqlar, ayniqsa g'alla ekinlariga zarar yetkazadi.Bunday
kemiruchilarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, mexanik va kimyoviy
kurash usullaridan foydalaniladi. Sut emizuvchilarda uchraydigan k pgina
yuqumli kasalliklar odam uchun ham xav idir. Bunday kasalliklar tabiiy
manbali kasalliklar deb ataladi va bularga lat (chuma), tulyaremiya, kana
ensefahti, mavsumiy leyshmaniya va boshqalar kiradi.Sug'urlar,
yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavfh bo’lgan lat
kasalligini tarqatuvchilar hisoblanadi. KasallikniQo’zg'atuvchi bakteriyalar
hayvonlardan odamga bevosita tashuvchilar orqali tadi. Tulyaremiya odamga
qon s ruvchi hasharotlar (pashsha,burga, bit) va kanalar orqali o’tadi. Mikrob
tashuvchisi asosan sichqonlardir. Nerv sistemasini ishdan chiqaradigan eng
og'ir xav i ensefalit kasalhgini q zg'atuvchisi viruslar hisoblanadi. Virus
tashuvchisi esa kemiruvchilar va hasharotx rlardir. Virus odamga kanalar va
chivinlar orqali o’tadi.



Sut emizuvchilarning keng grografik va biotropik tarqalishi ularning bilogik
protsessini ko’rsatadi. Ularning turli hayot sharoitida yashashi, yana ham
ko’rsatkichlidir. Faqat shu sinfda yerda hayot kechiruvchi turlar bilan bir qatorda
havoda aktiv uchuvchi, hech quruqlikka chiqmaydigan, haqiqiy suv hayvonlari,
butun hayotin tuproq ostida o’tkazadigan turlari ham mavjud.
Namlikning sut emizuvchilar tarqalishiga ta’siri kam. Faqat ayrim junsiz yoki kam
junli turlargina qurg’oqchilikdan zarar ko’radi. Faqat nam, tropik zonalarda
yashovchi suv ayg’irlari va buyvollar bunga misol bo’ladi. Nam yog’inning
bilvosita ta’siri katta. Krotning Rossiya Yevropa qismidagi tarqalish chegarasi yiliga
40 sm dan kam yog’in bo’ladigan zonaga to’g’ri keladi. Bu holatda yerdagi oziq
krotga yetishmaydi.
Aksariyat sut emizuvchilar tuproq va orografik sharoitga nihoyatda talabchandir.
Masalan, qo’shoyoqlarning ayrim turlari faqat sochiluvchi qumlarda yashaydi.
Shunga o’xshash sharoit ingichka barmoqli yumronqoziqlar uchun kam kerak.
Katta qo’shoyoq esa faqat zich tuproqli yerda yashaydi. Krotlar, ko’rsichqonlar
qattiq yerda yo’l qazishi qiyin bo’lganligi uchun bunday joylarda uchramaydi.
Qo’ylar keng yaylov va ochiq joylari bo’lgan xilma-xil landshaftli joylarni
egallaydi. Qiya tog’ landshaftli joylarda yashaydigan echkilar relyefga nihoyatda
talabchan. To’ng’izlar uchun yumshoq, nam, sero’simlik joylar ancha qulay. Otlar,
antilopalar, tuyalar uchun kengliklar qulay.
5.Sut emizuvchilar ekologiyasi


Umuman olganda sut emizuvchilarning tarqalishi boshqa hayvonlar singari yashash
muhitiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda bu bog’lanish tuban hayvonlarga nisbatan,
sut emizuvchilarda ancha murakkab. Sut emizuvchilar tashqi muhitning bevosita
ta’siriga nisbatan kam bog’liq. Ularning moslanishi yuksak darajada rivojlangan
oliy nerv faoliyatiga bog’liq. Umurtqalilarning birorta sinfi ham sut emizuvchilar
singari turli tuman formalar hosil qilmagan. Buning sababi sinfning nihoyatda uzoq
triasdan boshlab progressive rivojlanishi, turli sharoitga moslashib keng
tarqalganidadir. Dastlab sut emizuchilar yerda va daraxtda yashovchi hayvonlar
bo’lib, moslanish evolyutsiyasi jarayonida quyidagi ekologik tiplarni hosil qilgan:
1)
yerda, 2) yer ostida 3) suvda yashovchi 4) uchuvchi hayvonlar
6.O’zb. R va Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan sut emizuvchilar


Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer yuzidan
qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi uchun 1966-
yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro "Qizilkitob" tashkil qilingan. Keyinchalik
(1983-yilda) esa O’zbekiston "Qizil kitobi" chop etildi. O’zbekistonning yangi "Qizil
kitobi" 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi kiritilgan.
Ular ichida ko’k sug'ur, tyanshon qo’ng'ir ayig'i, O’rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini,
qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug'usi, jayron, morxo’r, yovoyi qo’ylar diqqatga
sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya
qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar barpo qilish kiradi.
Hozirgi vaqtda zbekistonda 6 ta tog'(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), 3 ta
cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari va 2 ta milliy bog‘
(Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga Amerika qit’asidan
ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil
etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 - tomida sutemizuvchilar, qushlar
haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va
baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari
ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va
ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan
davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan
1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi qizil kitobga kiritildi.
«Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998)
O`zbekiston faunasida sut emizuvchilar-108,
Yangi «Qizil kitob» (2009) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut
emizuvchilarning 24 turi. Bu yerda Osiyo hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi.
Ularning ichida: bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron, sayg’oq, yovvoyi


cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq, qoplon, gornostay, Sibir tog’
echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro bug’usi, yumronqoziq, tovushqon, to’qay
mushugi, yo’lbars kiritilgan.
35-rasm qizil kitobga kiritilgan hayvonlar
1.Sut emizuvchilar umurtqali hayvonlarning eng takomillashgan sinfidir. Umurtqali
hayvonlarning boshqa sinflariga solishtirsak, sut emizuvchilarning nisbatan yuqori
darajada rivojlanganini ko’rishimiz mumkin. Ularning turli muhit sharoitida yashashga
moslashishi, xilma- xil tuzilishga ega ekanligi, kelib chiqishining uzoq davrlarga taqalishi
shular jumlasidandir.
2.Sut emizuvchilar tuzilishiga e’tibor bersak, bir qancha o’ziga xos xususiyatlarni
ko’rishimiz mumkin. Tanasining jun bilan qoplangani tashqi muhit noqulayliklaridan
ximoya qiladi, sezgi organlarining kuchli rivojlanganligi ularga ov qilishda, xavfni
sezishda,yaqinlarini tanishda asosiy omil hisoblanadi. Skeleti tuzilishi jihatidan ham faol
harakatlanishga moslashgan, tishlarining tuzilishi kuchli ixtisoslashganligi oziqlanish turi
bilan bog’liq. Yuksak darajada rivojlanganligi yer yuzida shiddat bilan tarqalishiga imkon
berdi.
3
.Sut emizuvchilar sinfi evolyutsion nuqtai nazaridan ancha avval paydo bo’lgan bo’lib,
ularning bu darajada xilma-xil ko’rinishga ega ekanligi bundan dalolat beradi. Bu esa
ularning rivojlanish bosqichida har xil sharoitga moslashishidan yuzaga keladi. Xususan 
morfologik nuqtai nazardan qaraganda, bu yurakning 4 kameraga bo’linishi, arterial va
venoz qonning qo’shilishiga imkon bermaydigan o’ng aorta yoyi paydo bo’lishi, oziqni
yutish vaqtida ham nafas olishga imkon beruvchi ikkilamchi tanglay hosil bo’lishi,
termoregulyatsiya katta rol o’ynaydigan teri qoplamining murakkablashuvi va ikkilamchi
miya gumbazi hosil bo’lishida ko’rinadi.


4.Umuman olganda inson hayotini sut emizuvchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qadimdan insoniyat sut emizuvchilardan turli ehtiyojlari uchun foydalangan. Bir
qancha turlarini xonakilashtirib, xo’jalik ishlarida foydalanib kelinmoqda. Sut
emizuvchilar asosan sut, go’sht-yog’, mo’yna-teri, ishchi kuchi sifatida va boshqa
maqsadlarda inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Shu o’rinda ularni ko’paytirish,
yangi zot yaratish va mahsuldorligini oshirish, kamyob turlarni muhofaza qilish,
zararkunanda sut emizuvchilar sonini cheklash va shu kabi ishlar orqali ulardan
oqilona foydalanish mumkin.


Xulosalar


5. Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim
muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning
boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning
farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va
ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi,
bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi.Bizdan oldingi
qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni
shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar,
arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham
olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning
zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan,
takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
6. Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer
yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi
uchun 1966-yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro "Qizilkitob" tashkil qilingan.
Keyinchalik (1983-yilda) esa O’zbekiston "Qizil kitobi" chop etildi. O’zbekistonning
yangi "Qizil kitobi" 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi
kiritilgan. Ular ichida ko’k sug'ur, tyanshon qo’ng'ir ayig'i, O’rta Osiyo qunduzi,


Turkiston silovsini, qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug'usi, jayron, morxo’r, yovoyi
qo’ylar diqqatga sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan
hayvonlarni himoya qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar
barpo qilish kiradi. Hozirgi vaqtda zbekistonda 6 ta tog'(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota,
Surxon, Chotqol), 3 ta cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari
va 2 ta milliy bog‘ (Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga
Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.
«Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998)
O`zbekiston faunasida sut emizuvchilar-108,
Yangi «Qizil kitob» (2009) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut
emizuvchilarning 24 turi. Bu yerda Osiyo hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi.
Ularning ichida: bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron, sayg’oq, yovvoyi
cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq, qoplon, gornostay, Sibir tog’
echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro bug’usi, yumronqoziq, tovushqon, to’qay
mushugi, yo’lbars kiritilgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling