Referat mavzu-13 : Нафас системаси аъзоларини микроскоп остида ўрганиш


-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi


Download 279.63 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2020
Hajmi279.63 Kb.
#114243
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
gistalogita 13-mavzu


1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi.
1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar;
10- plevra pardasi; 11- diafragma.

riga boy. Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o'tadi.
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. U old tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tuldi shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi.
Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog'aydan va uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo'lib, ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi gu¬ruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi.
Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 srn gacha yetadi.
Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan. Aylanasimon tog'aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat. Kekirdakning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo'lib, unda mayda bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o'tkazadi. Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib, tashqariga chiqarib yuboradi.
Bronxlar. V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga (o'ng va chap bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi. Bronxlar o'pka to'qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o'xshab, juda ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va born-born alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga o'tkazadi.
O'pka. O'pka bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon tuzilgan. Ular ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O'ng va chap o'pkaning o'rtasida kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
O'ng o'pka chap o'pkadan kattaroq bo'lib, u yuqorigi, o'rta va pastki bo'lakdan iborat. Chap o'pka esa yuqorigi va pastki bo'lakdan tashkil topgan. O'pkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umurtqa pog'onasi, oldingi tomondan to'sh suyagi va atrof tomondan qovurg'alar bilan chegaralangan.
O'pka to'qimasi daraxtsimon shakldagi o'rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. O'pka to'qimasi bronxlar va alveolalardan tashkil topganligi tufayli, u g'ovaksimon tuzilgan bo'ladi.
O'pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ulaming dev'1ri bir qavatli epiteliy to'qimasidan iborat bo'lib, atrofi mayda qon tomirlari - kapillyarlar bilan to'rsimon shaklda o'ralgan. Alveolalarning soni ikkala o'pkada 750 mln atrofida bo'ladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m kvni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega bo'lishi o'pka bilan tashqi muhit o'rtasida hamda alveolalar bilan qon o'rtasida gazlar almashinuvi tczlashuvini ta'minlaydi.
O'pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o'ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo'lib, ular orasida torgina plevra bo'shlig'i hosil bo'ladi.
Plevra bo'shlig'i ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kam, ya'ni manfiy bo'ladi. Bu esa nafas olgan paytda o'pka to'qimasining kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon beradi.
O'pkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari, ya'ni o'pka arteriyalari va o'pka venalari o'pka to'qimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o'pka alveolalariga o'zidagi karbonat angidridni berib, ulardan kislorod qabul qiladi, ya'ni venoz qon arterial qonga aylanadi.

Ovoz apparati

Yuqorida aytilganidek, asosiy ovoz apparati hiqildoqda
joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo'lishida til, lablar, og'iz bo'shlig'i, burun
94 bo'shlig'i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar ham ishtirok etadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi (2-rasm).
Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkak¬larda 20-22 millimetr. Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi. Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha katta bo'ladi.
Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni teb¬ratib yuborganligi tarixda ma'lum. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlari¬dan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Har bir kishining ovozi o'ziga xos xususiyatga ega. Hatto cha¬qaloqning yig'laganidagi ovozi ham o'ziga xos ohangga, JnJsusiyatga ega bo'ladi va shu orqali ona o'z bolasining ovozini boshqa chaqa¬loqlar ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovoz ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, o'smirlarda (12-18 yoshda) ovozning o'zgarishi juda sezilarli darajada bo'ladi. Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlari¬ning uzunligi o'g'il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning natijasida, ayniqsa, o'smir yoshdagi o'g'il bolalarda ovoz qo'pollashib, do'rillab qoladi. Bundan havotirlanmas¬lik kerak. Bu fiziologik xususiyatga ega bo'lib, o'smirlik davri o'tgandan keyin ovoz normal holga keladi. Lekin o'smirlik davrida ba'zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya'ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga ruju qilmaslik kerak va hokazo.

2-rasm. Ovoz apparati:
1- gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oralig'idagi teshikning
yopiq holatda ko'rinishi;
11 - pichirlab gapirganda ovoz teshigining yarim ochilgan holatda ko'rinishi;
III- gapirmagan vaqtda ovoz teshigining ochig holatda (uchburchak shaklda) ko'rinishi.
1- hiqildoq; 2- halqum; 3- halqumning burun teshigi; 4- og'iz bo'shlig'i
va uning qo'shimcha kovaklari; 5- burun bo'shlig'i.



Ba'zilarning fikricha, yosh bola qancha qattiq va ko'p yig'lasa, go'yo uning ovoz apparati shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto'g'ri, chunki ko'p va qattiq yig'lagan bola ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida ularda mayda pufakchalar hosil bo'ladi. Buning oqibatida bolaning ovozi qo'pol va xirillagan bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun yosh bolani qattiq va uzoq yig'latmaslik lozim, ya'ni uni tezda ovutish kerak.

Nafas harakatlari

Nafas harakatiari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi. Qovurg'aiarning ko'tarilishi bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullaming qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqa¬rishi natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak qafasining hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rib olinadi. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok etishi bilan nafas olish ko'krak bilan nafas oUsh deb ataladi. Diafragmaning ko'proq harakatianishi orqali nafas olish qorin bilan nafas oUsh deb ataladi. Erkaklarda asosan qorin bilan nafas olish, ayollarda esa asosan ko'krak bilan nafas olish harakatiari rivojlangan. Nafas olish hara¬katiarining ko'krak yoki qorin orqali bajarilishi odamning holatiga, bajarayotgan ishiga ham bog'liq. Masalan, odam og'ir yuk ko'targan vaqtda ko'krak qafasi va umurtqa pog'onasi yuk uchun tayanch vazifasini o'taganligi sababli ko'krak qafasining harakati qiyinlashadi. Shuning uchun nafas olish harakatida asosan diafragma ishtirok etadi. Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga tushish harakati qiyinlashadi. Shu sababli nafas olish harakatiari qovurg'alararo muskullarning qisqarishi orqali ta'min¬lanadi. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak qafasining hajmi kichrayib, o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo'ladi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.

O'pkaning tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas hav'osining ustiga o'pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, nafas havosi 500 m1+ qo'shimcha havo 1500 ml + rezerv havo 1500 ml=3500 ml o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil etadi. Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500-4500 ml gacha, ayollarda - 3000-3500 ml gacha bo'ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda bu ko'rsatkich ko'proq bo'ladi. Qoldiq havo. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin o'pka alveo¬lalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu qoldiq havodir.
O'pkaning tiriklik sig'imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xii bo'ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O'pkalarning tiriklik sig'imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so'ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga ko'tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko'rsatgan raqamiga qarab,



3-rasm. Suvli spirometr yordamida o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash.

o'pkalarning tiriklik sig'imi qancha ekanligini bilish mumkin. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchi, chiniqqanodamlarda o'pkaning tiriklik sig'imi ortib, 4500-6500 ml ga yetadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydigan odamlarda o'pkaning tiriklik
sig'imi yuqorida ko'rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo'lishi mumkin. O'pkalar tiriklik sig'imini kam yoki ko'p bo'lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.
O'pkalar ventilyatsiyasi. .Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda o'pkaga kirgan havo mjqdoriga ko'paytirilsa, o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch
holatda o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 I ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi: 16'500=8000 ml.

O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi

Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi tarkibida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angidrid, 79,3% azot bo'ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdordabo'ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,7% azot bo'ladi. O'pka alveolalari ichidagi havo tarkibida 14,2-14,6% kislorod, 5,5-5,7% karbonat angidrid va 80% azot bo'ladi.
Nafas bilan chiqariladigan va o'pka alveolalari ichidagi havoning tarkibi bir-biridan farq qilishiga sabab shuki, o'pka alveolalaridan nafas bilan chiqariladigan havo nafas yo'llaridagi (bronxlar va traxeyalardagi) havo bilan amlashadi. Nafas yo'llaridagi havoning tarkibi atmosfem havosining tarkibiga yaqin bo'ladi, chunki u nafas organi bilan qon o'rtasidagi gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi.
O'pkalarda gazlar aImashinuvi. Nafas organlarining tuzilishimavzusida aytilganidek, odamning ikkala o'pkasidajuda ko'p mayda pufakchalar, ya'ni alveolalar bo'lib, ularning soni o'rtacha 750 millionga yaqin, umumiy sathi 100 m' dan oshadi. Alveolalarning bunday katta sathi o'pkada gazlar almashinuvi tez o'tishini ta'minlaydi.
Alveolalaming devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'mb tumdi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar bo'shlig'iga kimdi. Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.
To'qimalarda gaz almashinuvi. O'pka alveolalaridan diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritro¬tsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to'qimalariga boradi. Qon bilan to'qimalar (hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab, diffuziya yo'li bilan bomdi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo'lganligi uchun u to'qimaga o'tadi, to'qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lib, u qonga o'tadi. Shunday qilib, to'qimaga kelgan arterial qon kislorodni to'qimaga o'tkazadi va to'qimadan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali yurakning o'ng bo'lmasiga quyilib, undan o'ng qorinchaga o'tadi. So'ngra o'pka arteriyasi o'pka alveolalariga boradi va o'zidagi karbonat angidridni beradi. O'pkadan kislorod qabul qilib, arterial qonga aylanadi. Bu qon o'pka venalari yumkning chap bo'lmasiga, undan chap qorinchaga quyiladi. So'ngra aortaga o'tadi va arteriya tomirlari hamda mayda kapillyarlarga bo'linib, tananing barcha to'qima va hujayralarini kislorod bilan ta'minlaydi.

TurIi muhit sharoitida nafas olish

Atmosfem bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo'lganida, odamorganizmidagi barcnil' fiziologik amyonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal o'tadi. Havo bosimining pasayishi yoki ko'tarilishi nafas olish jarayoniga ma'lum damjada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Atmosfera bosimi past bo'lganda, ya'ni baland tog'lar ustida, samolyotda yuqoriga ko'tarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi. Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli (gipoksiya) odamda tog' kasalligining belgilari yuzaga keladi: nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh og'riydi, ko'z tinadi, ko'ngil ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa, u hushini yo'qotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda uchganda havoga kislorod qo'shib beriladi.
Tog'li joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga mosIashgan bo'ladi. UIarning .qonida eritrotsitlarning soni .ko'payadi, bu esa havodagi kislorodni ko'proq miqdorda o'zlashtirishga yordam beradi. Normal atmosfem bosimi sharoitida yashaydigan odamlar tog'li joylarga borishi zaruriyati tug'ilganda, ular balandlikka bir¬daniga emas, balki asta-sekin, organizmini moslashtirgan holda ko'tarilishi kemk. Shunda tog' kasalligining oldini olish mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida, chuqur g'orliklarda odam qoni tarkibida, to'qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning n,iqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bundaysharoitdan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamning boshi aylanadi, ko'ngli aynib qusadi, hamma bo'g'imlarida va belida og'riq paydo bo'ladi, ba'zan hushini yo'qotishi mumkin. Bunday hollarda yordam ko'rsatish uchun bemomi yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqajoyga (maxsus kameraga) o'tkazish kerak. Bu kasallikning oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta-sekinlik bilan o'tish kerak. Shunda qonda erigan gazlar pufakchalarga aylanmaydi va qon tomirlariga tiqilib qolmaydi. Bundan tashqari, suv ostida ba'zi ishlarni bajaradigan mutaxassislarga maxsus ballonlarda nafas oladigan havosiga azot gazi o'miga geliy gazi qo'shib beriladi. Chunki geliy gazi yuqori bosimli sharoitda erimaydi va qon tomirlarida gaz pufakchalarni hosil qilmaydi.
Jismoniy mashqlar bajarayotganda nafas olish. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug'ullangan¬da nafas olish tezlashadi. Tinch holatda od am bir minutda 16-18 marta nafas oladi va o'pkalaming minutlik ventilyatsiyasi 8- 9 l ga teng bo'ladi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa ularning tezligiga qarab bir minutda nafas olish soni 40-60 martaga yetadi va, hatto, undan ham ortishi, o'pkalaming minutIik ventilyatsiyasi 50-100 I gacha ko'payishi mumkin. Tinch .holatda bir minutda odam organizmi 250-300 ml kis¬lorod o'zlashtiradi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa kislorod o'zlashtirish 4500-5000 ml gacha ko'payishi mumkin. Bunday ko'p miqdordagi kislorodni o'pkadan to'qimalarga yetkazib berish uchun yurak-qon tomirlari sistemasining ish faoliyati kuchayadi. Masalan, tinch holatda yurakning sistolik hajmi (yurak bir marta qisqarganda chiqariladigan qonning miqdori) 65-70 ml bo'la¬di, jismoniy mashq bajarganda 150-200 ml gacha ortadi. Bir minutda yurak tinch holatda 70 marta qisqaradi, jismoniy mashq bajarganda esaqisqarish tezligi minutiga 150-200 martagacha ko'payadi. Demak, tinch holatda yurak bir minutda tomirlarga 5 I qon chiqarsa, jismoniy mashq bajarganda bu qonning miqdori 20-30 I gacha ko'payadi. Shunday qilib, jismoniy mashq bilan shug'ullanganda to'qimalaming kislorodga talabi ortadi. Bu esa bir tomondan, nafas olishning tezlashishi va o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi ko'payishi, ikkinchi tomondan, yurakning ish faoliyati kuchayishi, ya'ni qisqarish tezligining ortishi, uning sistolik va minutlik hajmi ko'payishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlari nafas olish hamda qon aylanish organlarining yaxshi rivojlanishiga, chiniqishiga, odamning ish qobiIiyati ortishiga, va uning sog'lom bo'lishiga olib keladi.

Nafas olishning boshqarilishi

Nafas olish orqali od am organizmi barcha hujayra va to'qima¬laming kislorodga bo'lgan ehtiyoji ta'minlanadi. Organizmning kislorodga ehtiyoji odamning tin ch holatida kam, uxlagan vaqtida undan ham kam, jismoniy mashq bajarganda esa ko'payib, tinch holatdagiga nisbatan 5-10 marta ortadi.
Odam turli holatda bo'lishiga qarab, nafas olish va chiqarish harakatIari, nafasning yuzaki va chuqur bo'lishi avtomatik holda o'zgarib turadi. Nafas harakatIarini bajaruvchi muskullar faoli¬yati bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Bu bog'lanish nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Nafas olishning nerv sistemasi orqaIi boshqarilishi. Bosh miyaning eng pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyada nafas markazi, orqa miyaning bo'yin qismida diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning markazi, orqa miyaning ko'krak qismida qovurg'alararo muskuUaming faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi joylashgan.
Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4-5 sekund¬da ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo'yin va ko'krak qismida joylashgan diafragma va qovurg'alararo muskullar hara¬katini boshqaruvchi nerv markazlariga ta'sir qilib, ulami qo'zg'a¬tadi. Bu qo'zg'alish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg'alar¬aro muskuUarni harakatlantiradi. Natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.
Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya yarim sharlari po'stlog'ida joylashgan. Bu oliy nerv markazi orqali odam nafas olishni ma'lum vaqt davomida ixtiyoriy ravishda to'xtatib turishi mumkin, lekin buning natijasida organizmda karbonat angidrid ko'payib ketishi tufayli uzunchoq miyadagi nafas markazi kuchli qo'zg'alib, avtomatiknafas olish yuzaga keladi.
Nafas olishning oliy nerv markazi odam turli holatIarda bo'lganda, ya'ni so'zlaganda, kuylaganda, jismoniy mashq bajarganda, yurganda nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bo'lishini muvozanatlashtirib turadi. Bu markazda nafas olish shartli ret1ekslari hosil bo' ladi.



Download 279.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling