Referat mavzu: Giperaktivlik psixokorreksiyasi Bajardi: 903-guruh talabasi Axrorov Azamat
Download 98 Kb.
|
Giperaktiv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genezis
- Konsentratsiya
- Modifikatsiya
- Psixokorreksiya
- Reaksiya
- Sivilizatsiya
- Vazodilatatsiya
Mavzuga oid glossariy
Adekvat (lot. adaeguatus — tenglashgan, mos, aynan bir, oʻxshash) — bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va aloqalarini ularning ob’yektiv mazmuniga toʻgʻri keladigan, aniq va mos qilib olish. Avtogen mashq (yun. autogenes – oʻzi bajaradigan)–ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Genezis (yun. genesis - kelib chiqish, yuzaga kelish) ma'lum bir jarayon, predmet, obyektning kelib chiqishi, paydo boʻlish tarixi. Giperaktivlik (yun. "hyper" - yuqorida, me'yordan ortiqcha, lot. "activus" - faol, samarali)– bu odamning jismoniy faolligi va qoʻzgʻaluvchanligi meʼyordan oshib ketadigan, noadekvat va samarasiz boʻlgan holat. Impulsivlik (lot. impulsus — zarba, turtki) shaxsning hamma xatti-harakatlarini oʻziga boʻysundiradigan, yengib boʻlmaydigan va hech bir asossiz, maqsadsiz intilishlar; vaqt-vaqti bilan toʻsatdan paydo boʻladi. Konsentratsiya (lot. concum — birga va centrum — markaz)— biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. Konsentratsiya diqqatni aniq yoki aniq bir narsaga e'tibor berish qobiliyati. Meditatsiya (lot. meditatio-fikrlash)–aqlning butun faoliyatini muayyan bir narsada jamlash holati. Bu odam stressni kamaytirish va xotirjamlikni oshirish uchun ongni tinchlantirishdir. Modifikatsiya (lot modifi catio, modus — oʻlchov, koʻrinish va facio qilish) — tashqi muhit omillari taʼsirida bir xil genotipga ega boʻlgan organizmlar oʻrtasida vujudga keladigan fenotipik farqlar. Ontogenez (yun. ontos — borliq va genesis-kelib chiqish) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. Psixokorreksiya (lot. correctus–tuzatish) psixologik yordam turlaridan biri (boshqalar qatorida: psixologik maslahat, psixologik trening, psixoterapiya). Psixoterapiya (yun. psyche–ruh, qalb; therapeia—davolash)– ruhiy kasal bemorlarni davolash maqsadida soʻz, xushmuomala bilan hamda qulay sharoit yaratish orqali ular ongiga psixik taʼsir etish. Reaksiya (lot. re actio — harakat) —psixologiyada inson va uning tana aʼzolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati. Relaksatsiya (lot. relaxatio — kuchsizlanish) — termodinamik muvozanat holatidan chiqarilgan makroskopik tizimning oʻz-oʻzidan avvalgi holatiga qaytish jarayoni. Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat soʻzining sinonimi. Trening (ingl. training; train — «oʻrgatish, tarbiyalash») — bilim, koʻnikma, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan faol oʻqitish usuli. Vazodilatatsiya (lot. vaso; dilatio–bir necha yo'nalishda cho'zilgan) -qon tomirlari devoridagi silliq mushaklarning bo'shashishini tasvirlash uchun ishlatiladigan tibbiy atama. Vizualizatsiya (lot.–visualis, "vizual")- raqamli ma'lumotlarni yoki fizik hodisani vizual kuzatish va tahlil qilish uchun qulay shaklda taqdim etish usullarining umumiy nomi. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling