Referat Mavzu: Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziyning hayoti va ijodi Bajardi: Sulliyeva Gavhar
QISSASI YUNUS YALOVOCH ALAYHIS-SALOM
Download 73.06 Kb.
|
sulliyeva Gavhar 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOTIMATI QISSASI AL-RABG‘UZIY
QISSASI YUNUS YALOVOCH ALAYHIS-SALOM
Ninvag‘a haq yalovoch Yunus erdi yolg‘uzun, Yuz ming evlik el taba yorlig‘ eturdi yolg‘uzin. Muncha sonlig‘ xalq ichinda biri yo‘lg‘a ko‘nmadi, Haqqa yozib, yo‘ldin ozib yurudilar yo‘lsuzun. Chiqdi eldin o‘fka birla o‘tru keldi bir tengiz, Yeti suv qobti baliq qornig‘a tushdi yuzun. Ikki o‘g‘li birla erdi, bo‘ri yedi birisin, Birini baliq eltdi ko‘rdi ani o‘zi o‘z ko‘zin. Ich qorong‘uluqda baliq qornini mehrob etib, Haqg‘a yonib qildi toat, tasbih aydi tun uzun. Xalqdin ozorlandi, chiqdi, kirdi baliq qornig‘a, Tun-kun anda ingrabon qoldi kecha kunduzun. Rabbi Ug‘on qutqardi andin qavmi imon kelturub, Keldi yuz ming er qamug‘ beshin o‘nun o‘ttuzun. XOTIMATI QISSASI AL-RABG‘UZIY O‘sh bitdim bu kitobni,ey eranlar er bo‘zi, Bir yil ichra kechti aning yoyi qish yozu kuzi. Uyqu buzdum, o‘zum uzdum, soz’ni tuzdum tun-la man, Erta qo‘ptum, xoma urdum, emgandim tun-kunduzi. Bog‘ qo‘pordim tol yig‘ochliq yosh yapurg‘oq ol chechak, Yemishi hikmat, fazoyil oyati axbor yulduzi. Qon qurittim, jon quvortim, kon chiqardim tosh qazib, Sof qizil oltun sochiqlab bezadim bu yer yuzi. Xotirim bikrin ektim parda ichra tugmatek, Kizladim tekmalardin tegmasun teb yot ko‘zi. Ko‘rki ortti kunda yetti ko‘z quloqqacha quvub, To‘nadim turluk tavordin Rum, Xitoy atlas, chuzi. Mohir eran mehri tushti mehrini bergan telim, Mehri birla qoldi solim, yo‘q enginda to‘g to‘zi. Borib iztim Nosuriddin To‘qbug‘abek tapug‘ig‘a, Tilayurmu, tilamasmu belguluk bilsun o‘zi. Oyati axbor asli aning, o‘zining oti “Qasis”, Bosh azoqg‘a tegru boqsang tub yalovochlar so‘zlari. Bu murassa’ javhar aro Mustafo yolg‘uztek, Eshlari to‘rt, ikki o‘g‘lon, xotun erdi to‘quzi. Avvali Odam Atomiz, oxiri xotami Rasul, Bu tuzuk birla tuzuldi anbiyo mursal to‘zi. To‘rtagu otlig‘ sahoba, ikki sihr, ikki xotin, So‘ngra maqtal zikri birla to‘ldi qissa to‘g‘uzi. O‘zgalar ko‘p olamunchuq tuzdilar el tizginib, Man guhar dur yinju tuzdum kezmadim yobon yozi. Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob, Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda hut sa’odat yulduzi. Kun tug‘ardin kun botarg‘a koshki tegi so‘zlarim, Eshitgandin duo qo‘ldum miskin Nosir Rabg‘uziy. Download 73.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling