Qon tomir bloki (masalan insult) piramidal trakt, medial lemnisk va tilosti nervi yadrosini jarohatlaydi. Bu medial medullyar sindrom deb ataluvchi sindromga sabab boʻladi.
Lateral medullyar sindrom pastki miyacha arteriyasi yoki umurtqa arteriyalari bloki natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Rivojlanib boruvchi bulbar falaj bulbar muskullarni ta’minlovchi nervlar zararlanishi bilan kechuvchi kasallik. Goʻdaklar rivojlanib boruvchi bulbar falaji bolalarda uchrovchi rivojlanib boradigan bulbar falaj.
Miya ko‘prigi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miya koʻprigi (lotincha: pons) miya ustunining bir qismi va odamlar va boshqa ikki oyoqlilarda oʻrta miyadan pastda, uzunchoq miyadan yuqorida va miyachadan oldinda yotadi. Miya koʻprigi, shuningdek, Italyan anatomi va jarrohi Costanzo Varolio (1543–75) sharafiga Varoliy koʻprigi (lotincha: pons Varolii) deb ham ataladi.[1] Miya ustunining bu sohasi bosh miyadan miyacha va uzunchoq miyaga tushadigan signallarni oʻtkazuvchi neyral yoʻllar va sezgi signallarini talamusga olib chiquvchi traktlarni ham oʻz ichiga oladi.[2]
Tuzilishi
Miya ustunidagi koʻprik oʻrta miya va uzunchoq miya orasida, miyachaning oldida joylashgan. Miya koʻprigi va uzunchoq miyani ajratib turuvchi soha pastki koʻprik egati (lot. sulcus pontineus inferioris).[3] Yuqorigi koʻprik egati (lot. sulcus pontineus superioris) miya
koʻprigini oʻrta miyadan ajratib turadi.[4] Miya koʻprigi ikki qismga boʻlinishi mumkin: miya koʻprigining asosi (ventral pons) va miya koʻprigi tomi (dorsal pons). Koʻprik yuzasidan pastga qarab tushuvchi chiziq bazilyar egat boʻlib, u orqali bazilyar arteriya oʻtadi. Koʻprikning asosiy qismi bazilyar arteriyadan chiquvchi koʻprik arteriyalari orqali qon bilan ta’minlanadi. Miya koʻprigining kichik qismi oldingi va orqa pastki miyacha arteriyasi orqali qon bilan ta’minlanadi.
Odamlarda miya koʻprigi uzunligi taxminan 2,5 sm. Uning asosiy qismi uzunchoq miya ustidagi keng doʻnglik sifatida koʻrinadi. Orqa tomondan, Miyacha oyoqchalari deb ataluvchi ikki juft yoʻgʻon poyadan iborat. Ular miyachani koʻprik bilan (oʻrta miyacha oyoqchasi) va oʻrta miya bilan bogʻlaydi (yuqorigi miyacha oyoqchasi).[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |