Referat mavzu: Uzunchoq miya va ko`prik. Ularning tuzilishi va yoshga qarab o`zgarishi. Miyachaning tuzilishi va yoshga qarab o`zgarishi. IV- qorincha, rombsimon chuqurcha. Rombsimon chuqurchada bosh miya nervlari o`zaklarining joylashishi
Download 0.73 Mb.
|
Miya ko‘prigi - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadrolari
- Funksiyasi
- Klinik ahamiyati
RivojlanishiEmbrional rivojlanish davomida, metencephalon rhombencephalondan rivojlanadi va ikkita strukturaga aylanadi: miya koʻprigi va miyacha.[2] Qanot plastinkasi sensor neyroblastlarni hosil qiladi, ular boʻlsa solitar yadro va maxsus visseral afferent ustunga aylanadi; koxlear va vestibulyar yadro vestibulokoxlear nervning maxsus somatic afferent tolalarini, uch shoxli nervning umumiy somatik afferent ustunini hosil qiluvchi spinal va asosiy uch shoxli nerv yadrolarini va miyacha bilan bogʻlangan koʻprik yadrolarini hosil qiladi. Bazal plastinka neyroblastlari umumiy somatic efferent tolalarni hosil qiluvchi uzoqlashtiruvchi yadro; maxsus visseral efferent ustunni hosil qiluvchi yuz va harakatlantiruvchi uch shoxli nerv yadrolari va yuz nervining umumiy visseral efferent tolalarini hosil qiluvchi yuqorigi soʻlak ajratuvchi yadroga aylanadi. YadrolariKoʻprikda koʻplab bosh miya nervlari yadrolari mavjud: koʻprik oʻrtasi: uch shoxli nervning 'bosh' yoki 'koʻprik' sezgi yadrosi (V) koʻprik oʻrtasi: uch shoxli nervning harakat yadrosi (V) koʻprikda pastga tushganda: uzoqlashtiruvchi yadro (VI) koʻprikda pastga tushganda: yuz nervi yadrosi (VII) koʻprikda pastga tushganda: vestibulokoxlear yadrolar (vestibulyar yadrolar va koxlear yadrolar) (VIII) FunksiyasiMiya ustunidagi miya ko'prigi Uzunchoq miya va miya koʻprigining oldingi pastki koʻrinishi Ushbu toʻrt bosh miya nervlari (V-VIII)ning funksiyasiga nafas olishni boshqarish, ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan harakatlarni boshqarish, eshitish, muvozanat va ta’m bilishda sensor rol va ogʻriq va tegish kabi yuz sezgilari, shuningdek, koʻz harakati, yuz ifodalari, chaynash, yutish kabi harakatlar va soʻlak va ter ajralishi kabilar kiradi.[2] Miya koʻprigi signallarni old miyadan miyachaga oʻtkazuvchi yadrolardan iborat, Pastki miya koʻprigining koʻndalang kesimi, aksonlar koʻk, kulrang modda och kulrangda berilgan. Oldin pastda va orqa yuqorida shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri uyqu, nafas olish, yutish, qovuq boshqariluvi, eshitish, muvozanat, ta’m bilish, koʻz harakati, yuz ifodalari, yuz sezgilari va tana holatida qatnashuvchi yadrolari ham bor.[2] Miya koʻprigida subparabraxial va medial parabraxial yadrolardan tashkil topgan pnevmotaksik markaz bor. Bu markaz nafas olishdan chiqarishgacha boʻlgan oʻzgarishlarni boshqaradi.[2] Miya koʻprigi uyqu falaji bilan aloqador va tushlar hosil boʻlishida ishtirok etishi mumkin.[manba kerak]
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling