Referat mavzu: Uzunchoq miya va ko`prik. Ularning tuzilishi va yoshga qarab o`zgarishi. Miyachaning tuzilishi va yoshga qarab o`zgarishi. IV- qorincha, rombsimon chuqurcha. Rombsimon chuqurchada bosh miya nervlari o`zaklarining joylashishi


Download 0.73 Mb.
bet6/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648093
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Miya ko‘prigi - Vikipediya


Boshqa hayvonlarda




Evolyutsiyasi


Miya koʻprigi birinchi uzunchoq miya retikulyar formatsiyasining shoxi sifatida rivojlangan.[5] Minogalarda miya koʻprigi borligi, uning birinchi agnatanlar paydo boʻlgan 505 million yil avvalgi davrlardan beri uzunchoq miyadan alohida soha sifatida mavjud ekanligi haqida taxmin qilishga asos boʻladi.[6]










Qoʻshimcha rasmlar



Miya koʻprigining joylashuvi va topografiyasi (animatsiya)
Miya koʻprigininng aksial kesimi, yuqori qismidan
Oʻrta va ortki miyalar; posterolateral koʻrinish
Bosh miyaning
median sagittal kesimi
Miya koʻprigi va ustunining yadrolari




Bosh miya. Chuqur kesma. Pastki kesma.





Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi boʻlib, tarkibiga bosh miya poʻstlogʻi (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal oʻzaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma boʻlib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi. Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya poʻstlogʻiga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal oʻzaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga boʻlinadi.
Bosh miya miyacha ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.

Tuzilishi | 


Odam bosh miyasining lokatsiyasi (qizil).


Bosh miya miyaning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga koʻra miya ustunining oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy boʻlimlari ichida eng yaxshi rivojlangani.
Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning poʻstloqlaridan (tashqi kulrang modda qavati) va ostida yotuvchi oq modda sohalaridan iborat.[1] Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal oʻzaklar va hidlov piyozchasini oʻz ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro chuqur bosh miyaning boʻylama tirqishi bilan ajralib turadi.
Umurtqalilarning rivojlanayotgan embrionida nerv naychasi toʻrtta ajralmagan qismlari boʻlib, ulardan keyinchalik markaziy nerv sistemasining ma’lum sohalari rivojlanadi; bular oldingi miya (prosencephalon), oʻrta miya (mesencephalon), ortki miya (rhombencephalon) va orqa miya.[4] Oldingi miya keyinchalik telensefalon (oxirgi miya) va diensefalon (oraliq miya)ga rivojlanadi. Dorsal telensefalon pallium (sutemizuvchilar va reptiliyalarda bosh miya poʻstlogʻi)ga aylanadi va ventral telensefalon bazal oʻzaklarni hosil qiladi. Diensefalon thalamus va gipotalamusga rivojlanadi, shuningdek optik pufakchalar (keyinchalik toʻr parda)ga ham.[5] Dorsal telensefalon keyin oʻrta chiziq bilan ajralgan ikkita lateral telensefalik pufakchalarni hosil qiladi. Ular chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga rivojlanadi. Qushlar va baliqlarda barcha umurtqalilardagi kabi dorsal telensefalon bor, lekin qavatlanmagan va shuning uchun bosh miya poʻstlogʻi deb hisoblanmaydi. Faqatgina qavatlangan sitoarxitektonika poʻstloq deb hisoblanishi mumkin.
Eslatma: Bosh miya koʻplab qism va sohalardan iborat boʻlgan yahlit tuzilma boʻlgani uchun, ushbu boʻlimda faqatgina bosh miyaning umumiy vazifalari keltirilganini aytib oʻtish muhim. Toʻliqroq ma’lumot uchun asosiy maqolalar, bosh miya poʻstlogʻi va bazal oʻzaklarga, qaralsin. Bosh miya miyaning asosiy qismi boʻlib, hissiyot, eshitish, koʻrish, shaxsiyat va yana koʻplab funksiyalarni boshqaradi. U barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.
Birlamchi harakatlantiruvchi poʻstloqdagi yuqorigi harakatlantiruvchi neyronlari miya ustuni va orqa miyaga oʻz aksonlarini yuboradi va u yerda muskullarni innervatsiya qiluvchi pastki harakatlantiruvchi neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. Poʻstloqdagi tasodifiy oʻgarishlar natijasida harakatlantiruvchi sohalarning zararlanishi ma’lum turdagi harakatlantiruvchi neyron kasalligiga olib kelishi mumkin. Bu turdagi zararlanish natijasida total shol emas, muskul kuchi va aniqligi yoʻqolishiga olib keladi.
U sensor tushunish, xotira, fikrlar va xulosalar qilish markazi sifatida ishlaydi; bosh miya shuning ixtiyoriy harakat faoliyati markazi sifatida ham ishlaydi.




/4



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling