Referat mavzu: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish masalalari
Download 88.38 Kb.
|
Документ Microsoft Word (16)
O = A - A x (R : R ),
Bu yerda: O – aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi; A – tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag‘- larning haqiqiy miqdori (yillik o‘rtachasi); A – bazis (o‘tgan) davrdagi aylanma mablag‘larning miqdori (yillik o‘rtachasi); R – hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi; R – o‘tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYuS moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim rezervi hisoblanadi. Buning natijasida ozod bo‘lgan mablag‘lar investitsiyalarga, innovatsion faoliyatga, aktivlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va h.k. larga yo‘naltirilishi mumkin. Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydala-nish katta ahamiyatga ega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag‘larini jalb qilish evaziga rentabellikning o‘sishiga mo-liyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYuS qarz kapitalining XYuS o‘z kapitaliga nisbatini ko‘rsatuvchi moliyaviy faollik koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda ko‘rsatish mum-kin:vGo‘yo to‘liq tugallangandek bo‘lishiga qaramasdan XYuSda ri-vojlanishning qo‘shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda imkoniyat paydo bo‘ladi. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omil-larning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan po-tensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy fao-liyatining rezervlari sifatida maydonga chiqadi. Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniya-dagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom eta-yotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda inves-titsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtiso-diy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda keng. Mu-himligiga ko‘ra ularning darajalarini quyidagilarga ajratish mumkin (2.3.1-chizmaga qarang): Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellek-tual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha ko‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (bizning amaliyotimizda bunday qa-rorlar juda ko‘p va tez-tez uchrab turadi) makro va mikrodarajada juda katta hajmdagi yo‘qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham, kadrlar-ning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohi-yatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy mo-liyaviy-iqtisodiy vazifa (muammo) larni yechishning asosiy sharti hisob-lanadi. Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini belgilab beradi. Xuddi shu narsa bozor sharoit-larining – baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa risklarning – o‘zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar – xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi – doimiy ravishda ichki va tashqi omil-larning ta’siri ostida bo‘ladi.
XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor konyunk-turasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni opti-mallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida XYuSga tushumlarning o‘z vaqtida tushishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish, kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak. Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samara-liroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda asosiy ko‘rsatkich aktivlarning rentabelligi sanalib, uni quyida-gicha hisoblash mumkin: Ilmiy tadqiqotimizda ishlab chiqarish faoliyatida insonlar atrof muhitga zarar yetkazishlari keskinlashuvi oqibatida, ya 'ni suv va havoning ifloslanishi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarni xisobsiz va samarasiz foydalanish oqibatida, ularning yo 'qolib ketish hatarlari oshib, natijada qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarning yo 'qolib ketish ehtimoli yuqorilab ketayotgan davrda ushbu tabiiy resurslardan oqilona va samaraliroq foydalanishni soliqlar vositasida nazorat qilish kerakligi ilmiy asoslantirilgan. Bugungi kunda soliqqa tortish siyosatimizda mavjud bo 'lgan, resurs soliqlari: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlarining amaldagi holati tahlil etilgan. Tadbirkorlarni tabiiy resurslardan unumli va tejamkorona foydalanishga undash uchun soliq siyosatida resurs soliqlarining ta 'sirchanligini yanada oshirish va takomillashtirish uchun ilmiy amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Dunyodagi hamma mamlakatlar hozirda iqtisodiy jihatdan barqaror o'sish niyatida sanoatni va tadbirkorlikning barcha turalari rivojiga keng imkoniyatlar yaratib berishmoqda. Bunday shiddatli o'sishlarda insoniyat tabiiy resurslardan keng qamrovli foydalanib, ularga bo'lgan ehtiyoj ham yildan yilga ortib bormoqda. Bunday iqtidodiy o'sishda qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarning yo'qolib ketish havf hatari kun sayin ortib, insoniyat katta va hal etib bolmas ekologik muommolarga duch kelish ehtimoli judayam kuchaydi. Ehtimoliy tabiiy resurs taqchilligining oldini olish va salbiy holatlarni yumshatish uchun soliqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tabiiy resurs soliqlarini yanada takomillashtirish orqali xo'jalik yurituvchi subektlarni tabiiy resurslardan tejamkorona va samarali foydalanishga undash mumkin bo'ladi. Ko'plab rivojlangan davlatlar soliqlardan atrof muhitni himoyalash va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan samarali foydalanishga erishishmoqda. Ushbu fikrlardan ko'rishimiz mumkinki, bu yerda tabiiy resurs soliqlari bajarishi lozim bo'lgan vazifalarga odilona, bozor qonun-qoidalari asosida yondashilib, ularning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish vazifasi va fiskal vazifasi e'tirof etilgan. Davlatning tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq siyosati ikki yo'nalishda amalga oshiriladi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar joriy etish va imtiyozli soliqqa tortish va soliqdan ozod qilish. Tabiiy resurs soliqlaridan Respublikamizda mavjud bo'lganlari quydagilar: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlari kiradi. Bu soliqlar yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, ishlab chiqarish yoki umuman tadbirkorlik faoliyatida tabiiy resurslarni tejashga undashi kerak. Ya'ni suv solig'i - suvdan foydalanish samaradorligini oshirishi, suvdan foydalanayotganda to'lanadigan soliq hisobiga undan behuda foydalanmaslikka undaydi. Yer va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqlar ham shunday xususiyatga ega. Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning nazariy jihatlari etarli darajada tadqiq va tahlil etilmagan qaysidir ma'noda ularga nisbatan sayozroq qarash mavjud. Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga bunday yondashuvining asosiy sabablaridan biri, ularni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining boshqa soliqlardan ko'ra kamligidandir. Bu holatni tahlil etib ko'ramiz Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot. Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga: -xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish; -fan va madaniyatni rivojlantirish -aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish; -aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish; -ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi. Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda. Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin etishga bog’liq. Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar. Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar quyidagilardan iboratdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda: 1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga; 2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno); 3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; 5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir. Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan. Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar. Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar. Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan. Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan. Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi mumkin. Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir. Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim. Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi: - majburiyatlarni qabul qilish asoslari; - majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar; - majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy). Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar. Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi. Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi; taraflarning o’zaro manfaatdorligi; shartnoma intizomiga rioya etish; taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi. Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi. Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi: xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi; xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi; taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. Budjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da № 1475 raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 05.05.2005 y.dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya organlarida budjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil qiladi. Xulosa
Tabiiy resurs soliqlaridan Respublikamizda mavjud bo'lganlari quydagilar: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va yer soliqlari kiradi. Bu soliqlar yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, ishlab chiqarish yoki umuman tadbirkorlik faoliyatida tabiiy resurslarni tejashga undashi kerak. Ya'ni suv solig'i - suvdan foydalanish samaradorligini oshirishi, suvdan foydalanayotganda to'lanadigan soliq hisobiga undan behuda foydalanmaslikka undaydi. Yer va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqlar ham shunday xususiyatga ega.
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniya-dagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom eta-yotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda inves-titsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtiso-diy taraqqiyot sur’atlari oshadi Download 88.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling