Referat mavzu: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish masalalari
Download 88.38 Kb.
|
Документ Microsoft Word (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = (F : A ) x 100, Bu yerda: R
- S = B - (T + S ) Bu yerda: S
2.3.1-chizma. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish
darajalari va omillari XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor konyunk-turasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni opti-mallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida XYuSga tushumlarning o‘z vaqtida tushishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish, kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak. Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samara-liroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda asosiy ko‘rsatkich aktivlarning rentabelligi sanalib, uni quyida-gicha hisoblash mumkin: R = (F : A ) x 100, Bu yerda: R – aktivlarning rentabelligi; F – sof foyda; A – tahlil davridagi aktivlarning o‘rtacha o‘lchami. Agar sof foydaning yoki netto-foydaning baho va to‘liq tannarx o‘rtasidagi farq hamda soliq to‘lovlari o‘lchamiga kamaytirilganligidan iborat ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, aktivlarning rentabelligi faqat bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ladi: S = B - (T + S ) Bu yerda: S – sof foyda; B – mahsulot bahosi; T – mahsulot to‘liq tannarxi; S – soliq to‘lovlari. Aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi bir so‘mlik aktivlarga (XyuS ning butun mol-mulkiga) to‘g‘ri keluvchi sof foydaning miqdorini ko‘rsatadi va XYuS faoliyatining moliyaviy faolligini o‘zida aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichning darajasi XYuS aktivlarining tarkibiy tuzilishiga – asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma kapital-ning nisbatiga – bog‘liq. XYuS asosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Download 88.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling