Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni


Download 428.75 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi428.75 Kb.
#1646505
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zebo Mirzayeva ijodi


Referat
Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi




Reja
1 shoiraning hayoti va ijodo
2.O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni
3,shoiraning sheriy to’plamlari
4.Foydalanilgan adabiyotlor

Hayoti va ijodo
1964-yilning 15-dekabrda Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiysada tahsil oldi(1982-1987).Toshkent Davlat sanʼat instituti kata labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991),Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy- maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri(1991-1995), „Yozuvchi“nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), „Yoshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan „Oʻzbekiston“telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.
Zebo Mirzoning „Tun malikasi“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, shuningdek, “Rangin dunyo”, „Ijod maktabi“, "Siz va Siz uchun „kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi maaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri (1991–1995), “Yozuvchi” nashriyoti boʻlim mudiri (1995–1999), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanali katta muharriri (1999–2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006 yildan “Oʻzbekiston” telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.
Zebo Mirzoning “Tun malikasi” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990 yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning “Ajr” (1997), “Nur kukunlari” (2004), “Ishq” (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi.
Zebo Mirzo, shuningdek, “Rangin dunyo”, “Ijod maktabi”, “Ijodxona sirlari”, “Qoʻshiqlarda qolgan umr”, “Siz va Siz uchun” kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi madaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.


shee’r tili esa ramzlar, timsollar tili. Xuddi tush kabi, tasviriy san’at kabi… Obrazlilik, ma’joz — she’rning yuragi… Inson aqli etib bormagan joyga ijodkor o‘z ruhi bilan etib boradi. SHu bois, tilga kelgan ayrim misralarni ba’zan aql bilan izoxkab berolmaysiz (Zebo Mirzoning «Men nima uchun yozaman?» maqolasidan. Uni mana bu sahifada o‘qing)

Zebo MIRZO
YONINGIZGA XAYOLAN BORSAM…

Zebo Mirzaeva 1964 yil 15 dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Beshterak qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakulьtetini tamomlagan (1987). «Tun malikasi», «Ajr», «Nur kukunlari»,»Ishq» va yana bir necha she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

ONAMGA
Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri halol ishqqa bayroqdir.
Oh, yuzlari dunyoyi dunning
Go‘zalidan chiroyliroqdir.
(Bo‘lolmadim hassasichalik),
Otam dardin ko‘targan mohim.
Ushoqqina onam ko‘ngliga
Bir hovuch nur bergil, ilohim!
O‘zi potrab chiqqan chashmaday
YOningizdan oqdimu ketdim.
O‘zgalarga daryo tutdimu,
Oh, onam-a, Sizni unutdim.
Qaldirg‘ochlar mendan yaxshiroq,
Baxt to‘kadi hur quchog‘iga.
Men ham uning tirnog‘imanu,
Arzimayman, lek tirnog‘iga.
Ismaloqlar bo‘yini tarab,
Bahor shoshsa yurgan joyiga,
Rabbim, meni gul qilib yarat,
Hech bo‘lmasa, uning poyiga!..

Download 428.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling