Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni
Download 428.75 Kb.
|
Zebo Mirzayeva ijodi
Bozillagan cho‘g‘ bosib
Bu kabi savollarga javob izlar ekanman, beixtiyor endilikda o‘tgan bo‘lib qolgan 20- asrning oltmishinchi yillari oxirlari esimga tushadi. Toshkentdagi sobiq “Yosh gvardiya” yoshlar teatri binosi. Hassos shoir Hamid Olimjon tavalludiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tmoqda. Shoirni xotirlab, uning sharafiga ko‘p yaxshi gaplar aytildi, she‘rlar o‘qildi. Lekin qoramag‘izdan kelgan oddiygina o‘zbek qiz-ning Hamid Olimjonning “O‘rik gullaganda”si ta‘sirida yozgan she‘rini o‘qishi teatrda hafsalasizlik bilan o‘tirgan odamni ham o‘ziga keltirdi. Zulfiyaxonim esa, o‘rnidan turib she‘r o‘qigan qizni qattiq quchoqladi va ko‘z yoshlarini tutolmagan holda bu iste‘dodli shoira o‘zbek adabiyotining yorqin kelajagi ekanligi haqida gapirdi. U Halima Xudoyberdiyeva edi. Sal keyinroq Halima haqida To‘xtasin Jalolov shunday yozgandi: “Halima o‘zbek ayol she‘riyatida kutilmagan hodisa, ungacha bu san‘at koshonasida qandaydir sukunat, osudalik hukm surib, kishini mudroq bosardi. Halima bu dargohga bo‘ron bo‘lib, suron bo‘lib kirib keldi-da, to‘liqib, oshiqib, toshiqib baland parda-larda qo‘shiq boshladi.” “Nafaqat Zar, zo‘rlarni, Uzsang, to‘sin, to‘rlarni, Chayqaltirsang go‘rlarni, Go‘rdayam hayqirolsang, Demakki, Sen shoirsan!” kabi o‘tli satrlar bitgan Halima yoshlik yillaridayoq hayotning og‘ir sinovlariga uchrab, uni matonat, she‘ri bilan yenggandi. Keyinchalik hayotda uni yana boshqa mashaqqatli sinovlar kutib turgandi. U azob-mashaqqatlarni yana she‘ri bilan yengib o‘ta oldi. Bu kurashda esa, unga faqat o‘zini emas, xalqini, insoniyatni o‘ylagani katta madad berdi. U “Kuz yanglig‘ so‘lib, ozib, Bozillagan cho‘g‘ bosib” qo‘rdayam hayqiroldi va Shoir nomini baland ko‘targan sanoqli o‘zbek ayollaridan biri bo‘ldi. Shu o‘rinda zukko adabiyotshunos, marhum Ozod Sharafiddinovning quyidagi fikrini keltirish joiz, deb o‘ylayman: “Halima bugun she‘rlarida haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib qoldi. Uning she‘rlari-da hayot fojialari, dramalari bilan ifodalansa-da, mardonavor ruhini yo‘qotgan emas. Halimaning she‘riyati bizni bedorlikka chaqiradi, vijdonimizni uyg‘otadi. Vujudimizdan loqaydlik balosini siqib chiqarishga yordam beradi. Bu she‘riyat ko‘p yillar mobaynida kirlangan ruhiyatimizni poklashga va butlashga xizmat qiladi”. O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov Halima Xudoyberdiyevaning “Saylanma”siga yozgan so‘zboshisida jumladan mazkur satrlarni bitadi: “Ta‘bir joiz bo‘lsa, men Halima Xudoyberdiyeva ijodini, uning shoir yuragini davrning doimiy tarang torlariga o‘xshatgan bo‘lardim. Chunki bo‘lib o‘tgan, o‘tayotgan har bir hayotiy jarayonlar bu yurakdan o‘z aks-sadosini topib bormoqda. Goh mungli, goh zabardast, goh tasdiqlovchi, goh inkor etuvchi... umuman, bu yo‘llarda u o‘zining o‘ch-mas izlarini qoldirib bormoqda deb aytishga har jihatdan haqlimiz, deb o‘ylayman. Bu satrlardan so‘ng jumladan shoiraning ijodidan quyidagi satrlar keltiriladi: Olma savog‘iday ingichka bo‘yin, Goh yetib, gox yetmay ko‘rmadik to‘yin. O‘lmasaydi... buyuk bo‘lardi tayin, Yig‘im o‘layotgan bolalar uchun! Bu satrlarni qayta-qayta o‘qir ekanman, Gorbachev qayta qurishi yillarida o‘zbek ijod-korlari, jumladan, o‘zbek shoiralari ijodida yuz bergan o‘zgarishlarni eslayman. Tug‘yon-li, isyonkor, qo‘rqmas satrlar yodimga keladi. Chechakjon, mittijon, yur, meni boshla, Boraylik orolning tuzliklariga. Bostirib kiraylik xalqini sotgan Xoin yuraklarning muzliklariga. Har yili tug‘ilar O‘zbekistonda O‘ttiz uch ming dona mitti tepalik. Chechakjon, ko‘tarib bayroqlarini Ularning boshiga yig‘lab boraylik. Bu satrlar farg‘onalik o‘tyurak shoira Maqsuda Ergashevaning “Qutlov” she‘ridan olingan. Vaqtida bir necha she‘riy to‘plamlari nashr etilgan bu shoirani hozirda ko‘plar unutib yuborgan. Download 428.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling