Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni
Nobel mukofotidan...Insofni unutishgacha
Download 428.75 Kb.
|
Zebo Mirzayeva ijodi
Nobel mukofotidan...Insofni unutishgacha
O‘zbek adibalari orasida keyingi paytlarda eng ko‘p tilga olinadiganlar asosan Salomat Vafo va Zulfiya Qurolboy qizi bo‘lib qolishdi. Agar Zulfiya Qurolboy qizi eng yaxshi ayol adibalardan biri sifatida tilga olinayotgan bo‘lsa, Salomat Vafo ijodi borasida aytilayotgan gaplarning biri biridan osmon bilan yercha farqi bor. Bir qarasangiz, Salomat Vafo bir necha o‘zbek ayol ijodkorlari kabi Nobel mukofotiga sazovor degan fikrlar yangraydi. Masalan, o‘tgan yili shoir Bahrom Ro‘zimuhammad xuddi shunday fikrni o‘rtaga tashlagandi: “Biz Salomat Vafo, Halima Ahmedova, Xosiyat Rustamova, Go‘zal Begim, Oydinniso kabi yozuvchi va shoiralarimizning qadriga yetmayapmiz. Bularga Davlat mukofotini berish kerak. Bularni xalqaro Nobelь mukofotiga tavsiya qilmoq lozim. Yevropada shunday qilishadi. Bir qarasangiz, Salomat Vafo ijodi bir adabiyotshunos ta‘biri bilan aytganda “tuproqqa qorishtirib tashlanadi”. Dilfuza Komilova “Ma‘rifat gulshani” gazetasida bosilgan “… Izmlardan “hirsizm” ga…” maqolasida Salomat Vafoni insofni unutgan deya hisoblaydi va shunday yozadi: “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “ijod.uz” veb-saytidagi nasr sahifasida Salomat Vafoning “Poyezd” nomli hikoyasini o‘qidim. Lekin muallif bu hikoyada nima demoqchi, ne maqsadda qo‘liga qalam olgan – shunisiga tishim o‘tmadi. Anglaganim shu bo‘l-diki, bu ayol yana yozuvchilikni da‘vo qilib, shu yo‘sinda “ijod” qilaversa, hurmat topol-masa kerak. Bu ham mayli, ayollikning dilbar dunyosiga putur yetkazib qo‘yishi ham tayin. Bu ayblovlar besabab emas… Salomat Vafoning “Poyezd” hikoyasini mutolaa qilish baxt-sizligiga uchrab qolgan odam esa rostmana qayt qilib yuboradi, hatto u qadar nozikta‘b bo‘lmasa ham.” Xuddi shu maqolada muallifning o‘zi keltirgan filologiya fanlari doktori Yo‘ldosh Solijonovning fikriga ham murojaat qilaylik: “…Xayolimda Salomat Vafo va Habib Temirov asarlaridagi personajlar, ayniqsa, ayollar nega qat‘iyatli emas? Nega bir-ikki uchrashuvdayoq erkak kishining xohish-iroda-siga bo‘ysunib, iffatini boy berib qo‘yaveradilar? Nega ular ayollik sha‘nini ulug‘lamaydi? Nega ular iqtisodiy qiyinchilikka bardosh berolmay, yengil-elpi yo‘llarni izlaydilar? – degan iztirobli savollar paydo bo‘ladi va ularga ijobiy javob topgim keladi. Ammo topolmay, oxir-oqibatda, bu yozuvchilarning estetik ideali tiniq emasligiga ishonchim hosil bo‘ladi…”. Download 428.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling