Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni
She‘r to‘qigan, she‘r yasagan haqiqiy shoir emas
Download 428.75 Kb.
|
Zebo Mirzayeva ijodi
She‘r to‘qigan, she‘r yasagan haqiqiy shoir emas
Agar Maqsuda Ergasheva kabi shoiralar ko‘prok o‘zlarining ijtimoiy ruhdagi she‘r-lari bilan tanilgan bo‘lsalar, Halima Ahmedova, Zebo Mirzayeva, Zebo Rahimova, Qutlibeka Rahimboyevalar lirik she‘rlari, she‘riyatga olib kirgan yangi-yangi tashbehlar, o‘z usullari, o‘z ovozlari bilan tilga tushishdi. “…men she‘r yozayotganimda yurak degan prizmadan his-tuyg‘ularimni o‘tkazmasam, demak-ki, mening his-tuyg‘ularim yolg‘on bo‘ladi, yasama bo‘ladi. Holbuki, she‘r yozayotgan shoir she‘r to‘qishga, she‘r yasashga o‘tsa, u haqiqiy shoir emas. Yuragingda g‘ijillab turgan, yuragingni ezib turgan narsalarni qog‘ozga to‘kmaguningcha, sen haqiqiy shoir bo‘lolmaysan. Shu ma‘nodan kelib chiqadigan bo‘lsak, har bir she‘rim - bu mening qismatim,” deb aytgandi Halima Ahmedova u bilan qurilgan suhbatlardan birida. Halimalar va Zebolardan keyin she‘riyatga kirib kelgan shoiralar orasida Xosiyat Rustamova kabi iste‘dlodli ijodkorlar bor. Lekin ko‘pgina shoiralar yo iste‘dodlarini to‘liq namoyon eta olishmayapti, yo bir adabiyotshunos aytganidek “tezroq nazarga tushish uchun Vatan haqida she‘r bitishmoqda”. Halima Ahmedova yuqorida eslatilgan suhbatda Vatan haqida yozish haqida gapira turib, shunday degandi: “Men unaqa havoyi gaplarni aytishga ustamasman: Vatan mening jonimsan, jahonim-san, deb aytolmayman. Chunki bir narsani bilaman: Kimnidir yoki nimanidir qattiq sevgan odam jar solib ayta olmaydi. Bu to‘g‘ri gap. Vatanni sog‘inib, talpinib tursamda, “Vatan, men seni mana bunaqa yaxshi ko‘raman”, deb ayta olmayman, tortinaman. Vatanga unday deb ayta olmayman. Vatan sevish deb yurakni ko‘rsatishning o‘zi kifoya deb o‘ylayman.” Lekin kuyinchak adabiyotshunoslar, ijodkorlar fikricha keyingi avlod shoiralari , jumladan Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘lgan ijodkor qizlar orasida ham Vatan, mustaqillik haqida she‘r bitish shart, shunda tez tanilasan, deb o‘ylaydiganlar ko‘p. Bu she‘rlar esa, Halima Ahmedova kabi o‘zini hurmat qiladigan shoiralar o‘ziga hech qachon ep ko‘rmaydigan havoyi, baland-parvoz so‘zlarga to‘lib-toshgan. Download 428.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling