Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni
Download 428.75 Kb.
|
Zebo Mirzayeva ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Achchiq haqiqat zamiridagi kuyinchaklik
- Qanday ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish, aksincha, qanday ko‘rsatuvlarni qisqartirish kerak, deb o‘ylaysiz Sizga qaysi ko‘rsatuvlar ko‘proq yoqadi
- Menimcha, ko‘rsatuvlar qiziqarliligini oshirish muallifning saviyasi, ijodkorligiga bog‘liq. SHunday emasmi
- Eng zo‘r ijodkorning birinchi tanqidchisi uning o‘zi bo‘ladi. SHu ma’noda o‘z ko‘rsatuvingizdan ko‘nglingiz to‘ladimi
"Ko‘ngil mayllari nag‘malari"
Saodat Komilova fikricha Zulfiya Qurolboy qizi “Ayol”, “Ko‘lanka” hikoyalarida hayotiy ashyoni kuchli did, sezgi bilan tanlab oladi. U ataylab biron-bir muallif bahosi berish, joiz bo‘lsa, hukm chiqarishdan o‘zini tiyadi. Adiba o‘quvchini hayot oqimiga tashlab qo‘yadi. Lekin bu oqim muallifning estetik g‘oyasi, matlabi bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Natijada o‘quvchi hayotni “muallif aralashuvi”siz, boricha qabul qiladi. Adibaning mahorati bois o‘quvchi uning qahramonlari kulfatlari, fojialaridan, azoblaridan qiynaladi, birga mashaqqat chekadi. Zulfiya Qurolboy qizi ijodini tadqiq etgan adabiyotshunos olim Umarali Normatov esa, adiba ijodi haqida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday yozadi: “Zulfiyaning bir vaqtlar tanqidchilikda mensimay qaraladigan, uncha xush ko‘rilmaydi-gan ijtimoiylikdan xoli sof “ko‘ngil mayllari nag‘malari” talqini adabiy tajribalari yo‘lidan borib yaratgan qator hikoyalari, ayniqsa, “Yozsiz yil” o‘zining badiiy-ma‘naviy ta‘sir kuchi jihatidan sof ijtimoiy yo‘nalishdagi yetuk asarlardan aslo qolishmaydi.” Achchiq haqiqat zamiridagi kuyinchaklik Keling, yana Nobel mukofoti masalasiga qaytaylik. Iste‘dodli shoir, yosh iste‘dodlar-ning chinakam g‘amxo‘ri Xurshid Davron bu bora fikrlay turib, shunday degandi: “Gap adabiyotning asl bahosi faqat G‘arbda, Nobelь mukofoti berilishida degan gap-ning asossizligida. Gap Nobelь mukofotini berish jarayoni adabiy mezonlardan tamo-man yiroqlashib, siyosiy manfaatlar bilan bog‘liq ekanligida. Nafaqat, Nobelь muko-foti, boshqa juda ko‘p mukofotlar (G‘arbdayam,Sharqdayam,bizdayam) ayni shu siyosiy nuqtai nazarlardan kelib chiqib beriladi.” “Men shoiralarimizning adabiyotimizdagi o‘rni qanday mavqe‘da ekanini juda yaxshi bilaman. Qolaversa, bu haqda oldin ham o‘z fikrimni yozganman. Xususan, Zebo Mirzoning “Ishq” kitobiga yozgan so‘zboshimda shunday jumla bitgan edim: “Bugungi o‘zbek she‘riyati-da shoiralarning alohida o‘rni yanada ochiqroq aytadigan bo‘lsam, “erkaklar” she‘riyati bilan tenglashgan darajadagi mavqe‘i bor”. Bu fikrimga bitta jumla qo‘shaman: Nafaqat she‘riyatda. Adabiyotimizdagi bu mavqe‘ aynan Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa nomlari adabiyot ahliga va ixlosmand-lariga yaxshi tanish shoira-yu adibalarimiz ijodi bilan bog‘liq. Ularning bu mavqe‘ni men tugul, ming bir boshli tanqidchi mavjud bo‘lgandayam, rad etishdan ojiz,” deb yozgandi Xurshid Davron. Lekin Xurshid Davron boshqa narsani istashini bayon etadi: “Ammo, har zamon yoki kitobi chiqqandagina fikr bildiriladigan holatlarni hisobga olmasak, ularning ijodiy faoliyati (ya‘ni, ayol ijodkorlar – muallif) haqida funda-mental tadqiqotlar qachon paydo bo‘ladi? Qachongacha ular (nafaqat ular) kitoblarini ko‘tarib viloyatma-viloyat yurishadi. Qolaversa, bu ishni hammayam qilavermaydi, ayrim-larning yuzi chidamaydi, ayrimlar o‘lgan kunidan shunday qilishga majbur.” Bu achchiq haqiqatni aytish zamirida chin ma‘nodagi kuyinchaklik yotishini sezib olish qiyin emas. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini kuzatsangiz, shu yurtda yashadingmi, uning tuzini oqla, tarzidagi fikrlarni tez-tez uchratasiz. To‘g‘ri, tuzni oqlash, jumladan, ijodkor farzandlarning ham ishi. Lekin ijodkor uchun “tuzni oqlash” dasturilamalini belgilab qo‘yish qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol ko‘rish uchun uzoqqa emas, yaqin o‘tmishga – Sho‘rolar davriga murojaat qilaylik. Sen shu aravaga tushdingmi, ashulasini aytasan-da, degan kabi ta‘kidlar esa, ijodkorni chegaralab qo‘yishi, ma‘lum qolipga solishi borasida misollar keltirish shart emas. Qaysi davr bo‘lmasin, kimning aravasiga tushmasin, o‘z ashulasini aytgan ijodkorlargina iste‘dodlarini o‘tkinchi shuhrat uchun qurbon qilmaganlar. Jumladan, ayol ijodkorlar ham! Shukrki, o‘zbek adabiyoti tarixida bunday ayollar bo‘lib kelgan va ular hozir ham oz emas O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi, "SHuhrat" medali sohibasi, shoira - Zebo Mirzo (Mirzaeva)ni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz! Zebo Mirzoga salomatlik, uzoq umr, ijodiy va ijobiy parvozlar tilab qolamiz! Ko‘ngil nimaga ko‘proq tashna bo‘lsa, unga nisbatan talab ham kuchliroq bo‘ladi. SHu ma’noda televideniening hayotimizda o‘rni beqiyos. O‘zbekiston televideniesining bugungi kundagi faoliyatiga qanday munosabat bildirasiz? – Dunyoda inson tuyg‘ulari, faoliyati bilan bog‘liq barcha narsa nisbiydir. Hatto, bizning ojiz tushunchalarimizdagi haqiqatlar ham. SHunga ko‘ra, biror narsaning yaxshi yoxud yomonligi to‘g‘risidagi gap boshqa bir turdosh narsaga nisbatan olib qaralgandagina mantiq va salmoqqa ega bo‘ladi… O‘zbekiston televideniesini ham, agar bundan uch yil avvalgi holatiga solishtirib qarasak, albatta, undagi ijodiy jihatdan muayyan o‘zgarishlarni, yangilanishlarni sezmaslik mumkin emas. Bu sifat o‘zgarishlarini tan olmoq va munosib baholamoq uchun o‘sha baho berishga shaylangan odamdan birgina narsa – xolislik talab etiladi, xolos. Televidenie o‘zining lug‘aviy ma’nosi, asl mohiyati tomon dadil qadam tashladi – u faqat eshitiladigan (buni radio ham bemalol uddalaydi!) narsagina emas, balki KO‘RILADIGAN narsa ham bo‘lmoqchiki, buni qutlamaslik insofdan bo‘lmaydi. Agar yodingizda bo‘lsa, avval O‘zbekiston televideniesining aksariyat ko‘rsatuvlari reallikning soxta nusxasidan boshqa narsa emas edi. Ishxonada boshingizni og‘ritgan majlis kechqurun uyingizdagi quti ichida davom etar, kun bo‘yi g‘o‘za ichida umri o‘tgan dehqonni oqshom yana o‘sha g‘o‘zalar uyquga kuzatib qo‘yardi. Gap-so‘zlardagi yuzakilik, soxtalik, ba’zan esa ochiqdan-ochiq yolg‘on to‘g‘risida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. O‘zi birorta latifani eplab aytolmaydigan odam askiyachilarni davraga chorlasa, savod to‘g‘risida shou uyushtirmoqchi bo‘lgan birodarimizning o‘zi savoddan va farosatdan picha bebahra qolgan bo‘lsa, bundan-da ayanch holni o‘ylab topib bo‘ladimi? Hayriyatki, ayni kamchiliklarga sekin-asta barham berilyapti, dunyoqarashi, fikrlash tarzi, estetik didi o‘zgacha – zamonga mos yoshlar, nihoyat, televideniega ham toza nafas olib kirishyapti. Jumladan, 1-kanalda o‘nlab yaxshi ko‘rsatuvlar paydo bo‘ldiki, endi tomoshabin ulardan nimadir olyapti. – Qanday ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish, aksincha, qanday ko‘rsatuvlarni qisqartirish kerak, deb o‘ylaysiz? Sizga qaysi ko‘rsatuvlar ko‘proq yoqadi? – SHaxsan menga “Tanish va noma’lum” ko‘rsatuvining dastlabki ikki-uch soni, “Almanax TV”ning ayrim namunalari, “Zakovat”, “Rivoyat” singari ko‘rsatuvlar ma’qul bo‘ldi. Xorijiy filьmlar, ayniqsa, hujjatli-ommabop filьmlarning tobora ko‘proq tarjima qilinayotgani ham ayni kunlarda o‘zini oqlaydi, deb o‘ylayman. Faqat bir istakni shu suhbat bahona bildirib ketmoqchi edim. Italьyanlarning “O‘rgimchak to‘ri” filьmi tarjimasi yaxshi bo‘lgani holda, unga ovoz berayotgan muhtaram aktyorimiz Muhammadali Abduqunduzov ozgina hafsala, artistizm ko‘rsatsalar chakki bo‘lmas edi. Harqalay, ovoz filьm dinamikasini bermog‘i, tomoshabin o‘zini qandaydir bir zerikarli majlisda o‘tirgandek emas, chigal italьyan mafiyasi ichida yurgandek his qilishi kerak. Lekin hali tug‘ilmagan, biroq tug‘ilishi allaqachon kutilayotgan ko‘rsatuvlar ham talaygina. Masalan, faqat nasihat, sud qilish asosiga emas, balki tushunish-tushuntirish asosiga qurilgan huquqiy ko‘rsatuvlar bugun naqadar zarur. Axir o‘z huquqini bilmagan millatning erkinligi to‘g‘risida gapirib bo‘ladimi? Bugungi kun voqeligini bir tomonlama yoxud yuzaki yoritadigan emas, balki chuqur va xolis tahlil etadigan analitik ko‘rsatuvlarni ham kutasan kishi. SHunday bo‘lsaki, ko‘rsatuv tomoshabin bilan birga o‘zi ham o‘rgansa, o‘ylansa, javobi oldindan tayyor savollar bilan emas, javobi o‘ta murakkab savollar bilan sahnaga chiqsa! SHunday ko‘rsatuvlar qilish mumkinmi? Bemalol mumkin! Faqat izlovchan tafakkur, shijoat, ijodiy va mardona yurak bo‘lsa, bas. Kamchiliklar esa, tabiiyki, hali anchagina bor. Hafta davomida bir-birini takrorlaydigan chiqishlar anchagina uchrab turibdi. Agar ularda mavzu-mazmun takrori bo‘lganda ham, boring ana, chidash mumkin edi. Lekin, shunisi xafa qiladiki, bunday chiqishlarda ma’nosizlik va mantiqsizlikning takrori – tavtologiyasiga duch kelaverib, ensangiz qotadi. YOdingizda bo‘lsa kerak, Navoiy hazratlari qit’alarining birida tagdor qilib aytgandilarki: So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini, Ko‘rma kim der oni, kim na der. Afsuski, ayrim chiroyli ukalarimiz va singillarimiz o‘z hollariga – tashqi alfozlariga ortiq darajada e’tibor berganlari – ko‘zni qamashtirganlari holda, so‘z holiga – ekranga chiqib (millionlab tomoshabin, balki o‘zidan ko‘ra yuksakroq saviyadagi odamlar qarshisida!) aytajak fikrlarining holidan bexabarlar yoxud buni unchalik muhim sanamaydilar. Natijada, 15-20 daqiqalik qimmatli efir vaqti beiz-benishon havoga singib yo‘q bo‘ladi. Boyagi mualliflar bo‘lsa, o‘zidan boshqa uchun qizig‘i bo‘lmagan “telezvezda”ligiga mahliyo bo‘lib yuraveradilar. – Menimcha, ko‘rsatuvlar qiziqarliligini oshirish muallifning saviyasi, ijodkorligiga bog‘liq. SHunday emasmi? – Gazeta va jurnaldan farqli o‘laroq, televidenie ko‘rishga moslangani bilan muallif oldiga bir qator qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Bugungi tomoshabinni, har qancha qiziq, chuqur mazmunli bo‘lmasin, quruq gap bilan ekran qarshisida uzoq ushlab turib bo‘lmaydi. Aytilayotgan fikr, bildirilayotgan qarashni to‘ldiruvchi, izohlovchi, kerak bo‘lsa, uni boyitib-ochib yuboruvchi tasvirlarsiz to‘la muvaffaqiyatga erishish mahol. Demak, endi muallifning darajasi hamma narsani hal qilmaydi, balki uning yonida ayni muallif tabiati va saviyasiga mos rejissyor, tasvirchi, hatto chiroq ustasigacha bo‘lishi kerak. Agar shu ijodiy guruh mos va xos to‘plana olsa, bilingki, tomoshabin ham ular tayyorlagan narsadan nimanidir oladi, nimanidir ko‘radi. – Eng zo‘r ijodkorning birinchi tanqidchisi uning o‘zi bo‘ladi. SHu ma’noda o‘z ko‘rsatuvingizdan ko‘nglingiz to‘ladimi? – Agar kuzatgan bo‘lsangiz, biz avval boshda “Assalom, O‘zbekiston!” tongi dasturida “Kutubxona” nomli rukn ochib, adabiyotdagi yangiliklar bilan xalqimizni baholi qudrat tanishtirib bormoqda edik. Keyin, birinchi kanal radikal o‘zgarishlarga yuz tutgach, “SHanba dasturi”ning rahbari Dilshod SHams birga ishlashni taklif qilib qoldi. SHu tariqa “Hayrat” ko‘rsatuvi dunyoga keldi. Hozirga qadar efirga ketgan ko‘rsatuvlarning aksariyatida iloji boricha o‘zimizdan kelib chiqishni, o‘zimizni hayajonga solgan san’at va tafakkur namunalari bilan o‘zgalarni ham bir muddat oshno etishni maqsad qildik. Bunga qay darajada erishyapmiz – tomoshabinga havola. Ko‘ngil esa qachon to‘libdiki, endi to‘lsa. Bir safar bor fikringni aytiishga ko‘rsatuv vaqti imkon bermay armonda qolsang, boshqa bir gal tajribasiz tasvirchi pand berib yuragingni siqadi. Biroq, shu narsa taskin beradiki, bir adabiy asar yoxud yozuvchi ijodi bahona biz insonlar bilan muloqotga kirishyapmiz, ularning ko‘nglini topmoqqa, shu ko‘ngil va aqllarning qorong‘i puchmoqlarida yashiringan, hali hech kim, hatto egasi ham qiziqmagan kaayfiyat va tuyg‘ularga yorug‘lik tushirishga, erk bermoqqa, ulardan hayratlantirishga urinmoqdamiz. Va aminmizki, barcha go‘zallik va ezguliklarning dastlabki qopqasi inson HAYRATi bilan ochilajak. Kitobxonlar duelining so‘nggi chorak final juftligidan afsuski faqat Mirzayeva Hilolaxon ning o‘zi taqriz jo‘nata oldi. Uning raqibi chorak finaldagi yagona kuchli jins vakili Aziz Nur ham ohiri taqdirga tan berdimi, o‘z taqrizini taqdim qila olmadi. Demak Hilola hech qanday baholash,ovoz berishsiz yarim final ishtirokchisiga aylandi.Quyida u yozgan taqriz: “Barcha asarlar ichida eng noto’g’ri tushunilgani” Aslida barchasi balki bola qalbidagi mavhumliklardan, hayotiy mantiq ketidan quvish yoki shunchaki omadsiz turmushdan boshlangandir ammo bu omillarning barchasi buyuk bir asar tug’ilishiga aloqador bo’lish uchun nihoyatda odmi va uquvsiz doyadek ko’rinadi. “Cho’l bo’risi” asari zotan ayni bir iztirob va yolg’izlik quchog’ida ko’z ochgan san’at asari desam, menimcha, xato qilmagan bo’laman. Umuman olganda, asarni o’qir ekansiz, ruhiy chigalliklar, ong chizgilaridagi o’ziga xos kesishuvlar va tasvirlar o’qilishidagi murakkabliklar sabab ham muallif shaxsiga bo’lgan qiziqish sizni albatta qamrab oladi. Nemis missionerlari oilasida tug’ilgan bo’lajak yozuvchi avvaliga Bazeldagi missionerlik maktabida, keyinchalik xristian pansionatida ta’lim olgan. Uning ruhiy olami o’sha davrdanoq musiqa, tasviriy san’at va adabiyot bilan uyg’unlashib ketgan. U ilk asarini 10 yoshida “Ikki og’a” nomi bilan yozganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud. O’smirlik yillaridan diniy bilimlarga sho’ng’ib ketish barobarida adabiyot bilan ham shug’ullanib borgan Hesse taxminan 16 yoshida to’satdan yo’qolib qoladi. Uni topishganida esa u pichanli dalada uhlab yotgan holda bo’lgan. Shundan so’ng yosh Hermanning ruhiy holati yomonlashib borayotgani ma’lum bo’la boshlaydi: u hattoki joniga qasd qilishgacha boradi. Ota onasi uni ruhiy kasallar klinikasiga olib borishgandan so’ng, uning ahvoli birmuncha mo’tadillashadi. Hesse asarlarining barchasida yoshlik va o’smirlik davri xotiralari imzosi mavjud bo’lib, u hayotida va ruhiyatida iz qoldirgan har qanday inson nomini albatta asarlarida eslab o’tadi, yoki ayni hodisalarni asar syujetiga kiritib o’tadi. Hesse ruhiyatidagi murakkabliklarni hissobga olsak, bu holatni o’ziga hos bir “katarsis” deb atasak bo’ladi. Yani yozuvchi asarlari orqali go’yoki ichki olamidagi tugunlarni yechishga uringan va insonlarga aytib anglata olmagan narsalarni o’z hayoti parchalarini kitob sahnasida namoyish etish orqali tushuntirishga uringan. Ayniqsa “Cho’l bo’risi” asari Herman Hessening 1920-yil urush davridagi ruhiy inqirozi davrida yozilgan bo’lib, uning insoniy qiyofasi hamda bo’ri kabi yovvoyilik va yolg’izlik tasvirlari bir kesimda tasvirlangan. Asar muallif hayotidagi barcha ruhiy zo’riqishlar natijasi o’laroq dunyoga keldi: diniy qarashlar masalasi, insoniy his tuyg’ulardagi murakkabliklar va nihoyat mantiqsiz urush va sanoqsiz insonlar o’limi – barchasi bir bo’lib Hesse ichki dunyosini go’yoki qorong’ulikka maxkum etdi. U o’zini tashqi dunyodan butunlay ajratib qo’ydi, ijara honasida hech kim bilan muloqot qilmay hayotdan butkul sovidi va natijada yana o’z joniga qasd qilish fikrlari unga tichlik bermay qo’ydi. Biroq u o’zining shox asarini yakuniga yetkazishi kerak edi va o’z holatidagi qiyinchiliklar va ruhiy inqirozga qaramay bu ishni uddasidan chiqa oldi – asar 1927-yilda Germaniyada ilk marotaba chop etildi. Avvaliga asarda ochiq sahnalar va psoxotrop dorilar qabul qilish haqidagi qismlar mavjud bo’lganligi sababli qat’iy tanqid qilindi, keyinchalik bu holatlar adabiyotda odatiy hol deb qaray boshlanganidan so’ng esa “Cho’l bo’risi” o’ta ketgan pessimistic ruhdagi asar sifatida qoralandi. Balki shu sababdan ham Hesse bu asari haqida “asarlarim ichida eng ko’p xato tushunilgani”deya ta’rif bergandir. Chunki juda ko’pchilik dastavval odatiy kitobxonlarda uchraydigandek, asar mohiyatiga emas, balki uning syujetiga qarab xulosa chiqarishgan edi. Asar o’rta yoshlardagi, tashqaridagi odamlar uchun birmuncha tushunarsiz va tutruqsizdek ko’rinuvchi janob Haller haqidagi yosh yigitning fikrlari bilan boshlanib, keyinchalik asar qahramoning esdalik bitiklari bilan davom etadi: shaharchadagi maqsadsiz sayrlaridan birida janob Haller mo’jizaviy teatr e’lonini tarqatib yurgan odamni ko’rib qoladi – telbalar uchun mo’jizaviy teatr, va u odam Hallerga bir kitobcha beradi. U shunchaki bir kitobcha emas, balki qanday tasodifki, aynan “Cho’l bo’risi uchun traktat” deb nomlanardi. Kitobcha jamiki bilimlarni o’rgangan biroq o’z hayotidan mamnun bo’lishni o’rganolmagan ikki oyoqli cho’l bo’risi Harri haqida hikoya qilarkan Haller u aslida daxshatli ravishda o’zini tasvirlab berayotganini sezib qoladi. Chunki uning o’zi ham ichkarida, ruhiy olamining yuqori qismida inson bo’lsa, uning quyirog’ida yovvoyi cho’l bo’risi yashar edi. Ayni damda shu ichkaridagi ikki o’zlik orasida hal qilib bo’lmas kurash avj olardi. Shu sababli ham “esdaliklar”da inson qalbining yetib bo’lmas qatlamlari ifodasi bilan birga o’limga intilish istaklarini ham muhokama qilib boradi. Asarda ramziy ma’noga ega bo’lgan hudud mavjud bo’lib, yozuvchi uni “mo’jizakor teatr” deb ataydi va eslatib o’tadi “u telbalar uchun”. Ayni shu yerda Hesse dilidagi tashvishlar va fikrlar ruhiyatidagi inqiroz bilan to’qnashuvi ham ro’y beradigan muhim nuqta hisoblanadi. Mo’jizakor teatr yozuvchi onggida avvaldan mavjud bo’lgan tasavvurlarni reallikka ko’chiradigan joy vazifasini o’taydi: teatr bir tarafi oynavand va bir tarafi sanoqsiz eshiklardan iborat uzun taqa shaklidagi zal ko’rinishida tasvirlanib, Haller o’z hayotining qismlari jo bo’lgan shu eshiklarning beshtasiga kiradi. Qaysidir ma’noda ushbu teatr haqiqat yuziga tik qarash, o’z-o’zini tan olish va atrof-hodisalarni chuqur tahlil qilish vositasi desak ham adashmagan bo’lamiz. Balki shuning uchunmi, asardagi mo’jizakor teatr atamasi keyinchalik insonlar orasida ham ommalashib bordi. “Mo’jizakor teatr – faqat telbalar uchun. Chipta haqi – aql-hushingiz”, degan ibora ayniqsa mashxur bo’lib ketdi. Umuman olganda, agarda biz borliqni sof holatda tahlil etadigan bo’lsak, unga yuksak aql idrok kerak bo’ladi. Ammo ayni shu izlanish davomida erisha borgan natijalarimiz va olgan javoblarimiz oqibatida aqlhushimizdan ayrilib qolishimiz hech gap emas. Yani, agarda biz yashashni tanlasak, o’rtamiyona idrokimiz bilan kifoyalanishimiz va hech narsani o’ylamasligimiz lozim chunki “kimki nuqul o’ylayversa, tafakkurni mohiyat deb bilsa, u albatta, ko’p narsaga erisha oladi, biroq, yer bilan suvni alishtirib cho’kib ketishi ham hech gap emas”. Haller kundalik hayot, odatiy insonlar va ayniqsa ma’nisiz burjua jamiyatiga nisbatan o’z qarashlarini namoyish etib boradi. Hesse o’z qarashlari mohiyatini uy egasining jiyani tilidan Cho’l bo’risi haqida yuritilgan fikr bilan ochib berishga harakat qiladi: “Hallerning ruhiy hastaligi – tanho bir shaxsgagina xos bo’lgan emas, balki u muayyan davrning dardidir. U o’sha Haller mansub bo’lgan avlodning asab hastaligikim, unga hech qachon kuchsiz, nimjon va noraso shaxslar emas, balki kuchlilar, eng aqllilargina chalingan ko’rinadi.” Yani Hesse o’zi va o’zi kabi teran fikrlashga odatlangan insonlar ruhiy inqirozi sababi bir ojizlik yoki norasolik natijasi emas, jamiyat va insoniyat o’tmishi, buguni va kelajagiga befarq bo’lolmaslik oqibati deb bilish lozimligini anglatmoqchidek: Download 428.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling