Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni


Chang-chung qoqmaslik va g‘ijim tekislamaslik


Download 428.75 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi428.75 Kb.
#1646505
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zebo Mirzayeva ijodi

Chang-chung qoqmaslik va g‘ijim tekislamaslik
Dilfuza Komilovaning (Dilfuza Komil) “Ma‘rifat gulshani”dagi “Beozorlik niqobidagi xavf” maqolasida adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshning Salomat Vafo ijodiga berilgan bahosi ham keltirilgan:
“Salomat Vafo asarlarida so‘zni avaylab, puflab ishlatmaydi. Kuydiruvchi so‘zni ham, muzlatuvchi so‘zni ham o‘rni kelsa, ayamay qo‘llayveradi. Shuning uchun ham uning qalamidan chiqqan timsollar bir qadar sovuqroq, birmuncha yoqimsizroq bo‘ladi va shu jihati bilan… kishining esida uzoq saqlanib qoladi. Saralanmagan og‘riqli so‘zlar esdan chiqmaydigan obraz yaratishga xizmat qiladi. Salomat hikoyalariga odamning chang-chungini qoqib, g‘ijimlarini tekislab kiritmaydi”.
Dilfuza Komilova bu gaplarni keltirgach, o‘z fikrini bildiradi:
“Buni maqtov deb tushunish kerakmi yoki tanqid debmi? Mayli, Salomat Vafo asar-lariga “odamning chang-chungini qoqib, g‘ijimlarini tekislab” kiritmasin va buni “zamonaviy adabiyot”ning talabi deb tushuntira bersin ham, lekin aytsa uyat bo‘ladigan gaplarni, odamning o‘ta shaxsiy, (kechirasiz-u) faqat hojatxonada qilishi kerak bo‘lgan ishlarini, hirsiy tasvirlarni adabiyotga olib kirishiga unga qaysi “yo‘nalish” yo‘l ber-di, kim huquq berdi?!”
Zamonaviy o‘zbek hikoyalarini tadqiq etib kelayotgan adabiyotshunos olima va mohir tarjimon Saodat Komilova fikricha ayolga xos tafakkur olinadigan bo‘lsa, bu borada Shahodat Isaxonova, Dilbar Saidova, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi ijodi ajralib turadi.
Olima zamonaviy ayol nasrining eng yorqin vakillari sifatida Salomat Vafo va Zulfiya Qurolboy qizining nomini tilga oladi. Saodat Komilova bu ikki ijodkorni o‘zbek hikoyachiligi rivojidagi yangi bosqichini o‘z asarlari bilan boyitishganini ta‘kidlaydi.
Adabiyotshunosning kuzatishlaricha Salomat Vafoning yozuvchilik uslubi odatdagi “ayol nasri”dan farqlanib turadi. U tasvirda jasur va ayovsiz. Uning uslubida so‘z voqelikni yanada ko‘lamliroq etuvchi ochiqlik bilan ajralib turadi.
Shuningdek olima Salomat Vafo ijodining o‘ziga xosligi haqida gap yuritib, bunda uning asarlaridagi har bir satr atrofidagi voqea-hodisalarni ayolga xos o‘tkir hissiyot bilan qabul qilish bilan sug‘orilganini ta‘kidlaydi.

Download 428.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling