Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Ohakning qotishi. Havoyi ohak so‘ndirilgach ochiq havoda asta-sekin quriydi va havo 
tarkibidan SO
2
gazini olib qotadi.
So‘ndirilgan ohak quyidagicha karbonlashadi:
Sa(ON)
2
SO
2
SaSO
3
N
2
O
Ohak bog‘lovchisi qotish jarayonida Sa(ON)
2
zarrachalari bir-biriga yaqinlashadi
zichlashadi, asta-sekin kristallanadi va kristallanish jarayonining chuqurlashishi 
mustahkam qurilish materiali hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ohak bog‘lovchisi asosidagi 
materiallar mustahkamligini tezlikda oshirish uchun ularni issiqlik bilan qayta ishlash 
tavsiya etiladi. Issiqlik Sa(ON)
2
karbonlashtirish jarayonini (kristallanishni) tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak. Ohakning bu turi bo‘lak ohakni avvaldan 
so‘ndirilmasdan maxsus tegirmonda kukun xolatga keltirib tayyorlanadi. So‘ndirilmagan 
tuyulgan ohak asosidagi qurilish qorishmalari va betonlari tez qotadi.
Ohak tarkibiga 90-150% suv kiritilganda ohak bevosita material ichida gidratlansa 
(SaO
.
N
2
O) SaO ning gidratatsiya va kristallanish jarayonlari tezlashadi. Gidratatsiya 
jarayonida ajrab chiqqan issiqlik qurilish qorishmasi va betonning qotishini tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak tarkibiga kukun holatdagi mineral qo‘shimchalar (shlaklar, 
kullar, ohaktosh va boshqalar) qo‘shilishi mumkin. Bu turdagi ohak bog‘lovchisi 


tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani ma’qul, aks holda mahsulot havodan namni olib 
bog‘lovchilik xususiyatini Yo‘qotishi mumkin.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari. Sifatiga qarab havoyi ohak sanoatda 3 xil 
navda ishlab chiqariladi. Havoyi ohak 5.1-jadvalda keltirilgan talablarga javob berishi 
kerak.
So‘nish tezligiga qarab havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha), o‘rtacha tezlikda 
so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25 daqiqadan ko‘p) turlarga bo‘linadi. 
To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi
№02 va 008 nomerli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi qoldiqlar 1,0 
va 15% bo‘lishi kerak.
Uning to‘kma zichligi 800-1200 kg/m
3
bo‘ladi. Havoyi ohak mustahkamligi jihatidan 
mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish 
qorishmalarining siqilishdagi mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4-
1,0 MPa atrofida bo‘ladi. SHuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha 
emas, balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon va 
boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa, ohak aktivligi shuncha yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling