Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Gips ishlab chiqarish. Gips bog‘lovchisi ishlab chiqarish gips toshidan kimyoviy 
bog‘langan 75% suvni bug‘latib yuborish bilan izohlanadi. Hosil bo‘lgan mayda tosh 
holatdagi gipsni maydalab kukunga aylantirilib o‘ta tez qotuvchan gips bog‘lovchisi 
tayyorlanadi. Ushbu jixatlarni hisobga olib gips bog‘lovchisi tayyorlashni shartli ravishda 
3 usulga bo‘lish mumkin:
Gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi; Gips toshi maydalanadi, pishiriladi va 
tuyiladi;
Gips toshi maydalanadi, yuqori bosim ostida bug‘lanadi, so‘ng quritib tuyiladi.
Gips toshi gips pishirish qozoni, aylanma xumdon, quritish barabani, shaxtali tegirmon 
va boshqa apparatlarda issiqlik bilan qayta ishlanib bog‘lovchiga aylantirilishi mumkin. 


Gips pishirish uskunalari davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Davriy uslubda 
ishlaydigan gips pishirish qozoni hajmi 3-15 m
3
bo‘ladi. Qozon pastki qismida Yoqilgan 
o‘tdan qizigan havo qozonning pastki, o‘rta va yuqori qismlarida quvurlar ichidan o‘tib 
gips hom ashyosini qizdiradi.
Maydalab, quritilib tegirmonda tuyilgan gips toshi qozonning yuklash moslamasi 
(lyuki) orqali solinadi va 1-3 soat davomida kurakli tik val Yordamida to‘xtovsiz 
aralashtirib turiladi. Pishirilgan gips bog‘lovchisi qozonning pastki qismidagi maxsus 
teshik orqali etiltirish bunkeriga uzatiladi va 20-40 minut saqlanadi. Bu erda mahsulotning 
issiqligi tufayli qisman chala pishgan gips toshi zarrachalari suvsizlanadi. Gips toshi 
aylanma xumdonlarda pishirilganda qizigan Yoqilg‘i gazlar qarshi harakatlanaYotgan hom 
ashyoni bevosita qisman suvsizlantiradi va yarim molekula suvli gips hosil bo‘ladi. 
Pishirilgan gips sharli tegirmonda tuyiladi.
Gips toshi bir Yo‘la pishirilishi va tuyilishi ham mumkin. Buning uchun sharli 
tegirmonlardan foydalaniladi. Bu usul uzluksiz bo‘lib, tegirmonda kukunlangan gips toshi 
zarrachalari qizdirilgan tutun gazlari oqimi vositasida suvsizlantiriladi va maxsus siklon 
moslamalarida gips zarrachalari cho‘ktiriladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling