Referat mavzulari ro’yxati


Suyuq shisha va kislotabardosh sement


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3.Suyuq shisha va kislotabardosh sement 
Suyuq shisha. Suyuq shisha natriy silikat (Na
2
O
.
nSiO
2
) Yoki kaliy silikat (K
2
O
.
nSiO
2

larning suvli kolloid eritmasi bo‘lib, sariq Yoki jigar rangida bo‘ladi, 50-70% suvli 
aralashmasi zichligi 1,3-1,5 g/sm
3

Suyuq shisha maydalangan sof kvars qumi va soda (Na
2
CO
3
) Yoki potash (K
2
SO
3

aralashmasini 1300-1400
0
S haroratda suyuqlantirib olinadi. Eritma tez sovutilsa va 0,4-0,6 
MPabosimli bug‘ ta’sirida (avtoklavda) qayta ishlansa sarg‘ish va ko‘kimtir ranglardagi 
suyuq shisha havoyi bog‘lovchisi hosil bo‘ladi.


Suyuq shishaning qotishini natriy kremneftorid (Na
2
SiF
6
) kabi katalizatorlar qo‘shib 
tezlashtirish mumkin. Suyuq shisha kislotaga va yuqori haroratga bardoshli betonlar
silikat bo‘Yoqlar, gruntlarni zichlashtiruvchi kompozitsiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Kislotabardosh sement-toza kvars qumi va natriy kremneftorid aralashmasini kukun 
holatda maydalab olinadi. Komponentlarni alohida kukunlab so‘ng aralashtirish ham 
mumkin. Kvars qumi o‘rniga andezit kabi tabiiy toshlarni kukunlab ishlatsa bo‘ladi. 
Kislotabardosh sement suyuq shishaning suvdagi eritmasiga qorilsa bog‘lovchilik 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Uning quyuqlanishi 30 minutdan keyin boshlanib, oxiri 6 
soatgacha davom etishi mumkin. Kislotabardosh sement 10
0
S yuqori haroratda qota 
boshlaydi.
Kislotabardosh sement asosidagi qorishma, beton va boshqa materiallar mineral va 
organik kislotalarga chidamli bo‘ladi, ammo ishqorlar va fosfat, ftorid kislotalari ta’sirida 
emiriladi. Kislotabardosh sement suv ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. U asosida qorishma, 
beton tayyorlanganda kislotaga chidamli to‘ldiruvchilar: kvars qumi, andezit, granit chaqiq 
tosh ishlatilishi kerak.
Kislotabardosh material va buyumlar kimyoviy apparatlar ichini qoplashda, kimYo va 
o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida, omborxonalar, rezervuarlar va boshqa inshootlar 
qurilishida agressiv muhitlardan himoyalovchi sifatida ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling