Referat mavzulari ro’yxati
Gips bog‘lovchisining qotishi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipsning asosiy xossalari.
Gips bog‘lovchisining qotishi. Gips bog‘lovchisi suv bilan aralashtirilganda ikki
molekula suvli gips toshiga aylanadi va qotadi: SaSO 4 . 0,5H 2 O 1,5H 2 O CaSO 4 . 2H 2 O Mineral bog‘lovchilar nazariy bilimlari namoYondasi professor A.A.Baykov nazariyasiga binoan gips qotish jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda gips bog‘lovchi zarrachalari suvda eriydi va yarim molekula suvli gipsdan ikki molekula suvli gips hosil bo‘ladi. Ikki molekula suvli gips yarim molekula suvli gipsga nisbatan kam erishi sababli, yarim molekula suvli gipsning kimyoviy reaksiya boshlanishida hosil bo‘lgan to‘yingan eritmasi ikki molekula suvli gipsga nisbatan o‘ta to‘yingan bo‘ladi va u eritmadan ajragan holda hosil bo‘ladi. Ikkinchi davrda yarim molekula suvli gips suv bilan bevosita reaksiya natijasida mikrokristallar hosil qiladi va to‘yingan kolloid massa (gel) vujudga keladi. Uchinchi davrda ikki molekula suvli gipsning kolloid zarrachalari qayta kristallanib nisbatan yirik kristallar hosil bo‘ladi. Mikrokristallar kristall to‘siqlarini hosil qiladi va o‘zaro birikishi natijasida gips bog‘lovchisi qattiq moddaga aylanadi. Gips bog‘lovchisi mustahkamligini oshirish uchun 60-70 0 S haroratda qizdirish mumkin. Bir kg gips bog‘lovchisi gidratatsiyasi natijasida 133 KDj issiqlik miqdori ajralib chiqishi gipsdan mahsulot tayyorlanganda uning qurishini va qotishini qisman tezlashtiradi. Gipsning asosiy xossalari. Gips bog‘lovchisining zichligi 2,6-2,75 g/sm 3 , o‘rtacha zichligi to‘kilgan holatda 800-1100 kg/m 3 va zichlangan holatda esa 1250-1450 kg/m 3 atrofida bo‘ladi. Gips bog‘lovchisining normal quyuqligi 50-70% suv sarfi bilan ifodalanadi va u gipsning maydalik darajasi va aralashmalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Suv sarfini kamaytirish uchun gips bog‘lovchisi tarkibiga turli organik plastifikatorlar kiritish mumkin. Gips bog‘lovchilari quyuqlanishi davriga qarab uch guruhga bo‘linadi: Atez quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 minut va oxiri 15 minut); B-normal quyuqlanuvchan (6minutdan 30 minutgacha); V-sekin quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 minut). Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog‘lovchisi ishlab chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16, G-19, G-22, G25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida har bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos bo‘lishi kerak. Gips havoyi bog‘lovchi bo‘lgani tufayli nam va suvli sharoitda mustahkamligi kamayadi. Uning namlikka chidamligini qisman oshirish uchun domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimer bog‘lovchilar qo‘shilib yoki gipsdan tayyorlangan buyum va qismlar sirtini suvga chidamli lok-bo‘yoq moddalar va plyonkalar bilan qoplash mumkin. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling