Referat mavzulari ro’yxati


Gips bog‘lovchisining ishlatilishi


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Gips bog‘lovchisining ishlatilishi. Qurilishbop gips iste’molchilarga qoplangan yoki 
to‘kilgan holda vagon va avtomashinalarda tashiladi. Maxsus qoplanmagan gipsni namlik 
va ifloslanishdan saqlash zarur. Har holda gips bog‘lovchisini uzoq muddat saqlash tavsiya 
etilmaydi.
Qurilishbop gips asosida pardadevor plitalar, kichik o‘lchamdagi panellar, paz va 
greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilyasiya va 
arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Qurilishbop gipsdan oddiy va 
murakkab suvoq qorishmalari, manzarali rangli va relefli qorishmalar va boshqa 
mahsulotlar tayyorlanadi. Yuqori mustahkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 15-25 MPa atrofida bo‘lib, undan devor elementlari, yig‘ma devorbop 
pardadevor plitalar, arxitektura qismlari tayyorlanadi. Qolipbop gips keramik va chinni-
fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi.
 2.Magnezial bog‘lovchilar 
Magnezial bog‘lovchi moddalar tarkibida magniy oksidi (MgO) bo‘lib, kaustik 
magnezit va kaustik dolomit turlariga bo‘linadi. Magnezial bog‘lovchilar kukuni magniy 
xlorid Yoki magniy sulfatning suvli eritmalarida qorilganda qattiq sun’iy toshga aylanadi. 
Magnezial bog‘lovchilar 750-850
0
S haroratda magnezitni (dolomitni) kuydirib olinadi:
MgCO
3
MgO CO
2
Kaustik magnezitning quyuqlanish davri 20 minutdan keyin boshlanishi va qotish oxiri 
6 soatgacha bo‘lishi shart. Kaustik magnezit 400, 500 va 600 (kg/sm
2
) markalarda ishlab 
chiqariladi. Siqilishdagi mustahkamligi 1000 kg/sm
2
bo‘lishi mumkin. Kaustik dolomit 
tabiiy dolomit toshini (SaSO
3
.
MgCO
3
) kuydirib olinadi. Tarkibida erkin holda SaSO
3
bo‘lishi tufayli kaustik dolomit sifati kaustik magnezitga nisbatan pastroq bo‘ladi. Kaustik 
dolomit 100, 150, 200 va 300 markalarda ishlab chiqariladi.
Magnezial bog‘lovchilar organik to‘ldirgichlar-yog‘och qipiqlari va payraxalari, kanop 
va g‘o‘za poyalari va boshqalar bilan yaxshi yopishadi. Shu sababli magnezial 
bog‘lovchilar asosida fibrolit, ksilolit va arbolit singari issiqlik izolyasiyasi kompozitsion 
qurilish materiallari hamda yedirilishga bardoshli ksilolit pollar, zinapoya qoplama 
buyumlari tayyorlash mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling