Referat mavzulari ro’yxati


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish.Fanning xususiyati, talabalarning bilim 
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular 
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning 
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Тopshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv 
adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning moxiyatini anglagan xolda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Mustaqil ravishda kurs ishi(loyixasi) chizmalarini va izox xatini 
bajaradilar. Zarur xollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, kurs ishini(loyixasini) 
bajarishda savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon 
eta olmasa va x.k) o’qituvchidan maslaxatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan 
mavzu bo’yicha tayyorlangan chizma va matn o’qituvchiga ximoya qilish orqali 
topshiriladi. 
“Qurilish materiallari va buyumlari” fani bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq 
kurs ishi(loyixasi) chizmalari va izox xati(referatlar) qo’rinishida bo’lib kelmoqda. 
Kurs ishi(loyixasi) va uning tushintirish xatlari talabalar ilmiy ishlarining birinchi 
shaklidir. Тalaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash
statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va taxlil qilish 
ko’nikmalariga ega bo’ladi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va x. k.
Тalaba auditoriya oldida mustaqil ishini yoki kurs ishi(loyixasi)ni ximoya 
qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, “Qurilish materiallari va buyumlari” fanini 
o’rganishda bu muxim axamiyatga ega.
 



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling