Referat mavzulari ro’yxati
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Тalabaga biron-bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi xam tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy- tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar xamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi va bular asosida ilmiy maqola va ma’ruza tezislari tayyorlaydi. Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari xam talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy- nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruxning kasbiy yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini xisobga olib, tabaqalashgan xolda tashkil qilishi kerak. Faqat shu xoldagina talabalarning konferensiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Qurilish materiallari va buyumlari fani bo’yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 1-bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruxlarida konferensiyalarni o’tkazish; 2-bosqich – xar bir guruxda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o’tkazish; 3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni umuminstitut ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish. Butun guruxlar uchun yagona bo’lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruxlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin. 3.Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Тalabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 1.Тalabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish. 2.Тalabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash. 3. Тalabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi muxim jixatlarga e’tibor qaratish: - talabaning o’qish bosqichi; - muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga; - talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy, grafik tayyorgarlik darajasiga; - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga; - talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga; - mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va xajm jixatidan o’zgarib borishiga; - mustaqil ish fan xususiyati xamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga va qobiliyatiga mos xolda tashkil etish. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling