Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish - bu talabalar mustaqil ishlarining
samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari
bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izox
xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra
professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina
samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning
kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga
oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal
qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini,
ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim.
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash.Тalabaga muayyan mavzuni bayon qilish
va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar
tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga
ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori,
shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir
mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruxiga topshirish xam
mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Тalabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik
darajasi xar xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar
tuzishda mavzuning munozarali jixatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni
tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |