Referat mavzulari ro’yxati
Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
2. Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat
nazorati Qurilish materiallarining har bir turi o‘ziga xos fizik, mexanikaviy, kimyoviy va maxsus xossalarga (radiatsiyaga munosabat, texnologik ishlov) ega bo‘ladi. Materiallarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi bilan ularning barcha xossa va xususiyatlari o‘zgaradi. Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq) elastik (Yog‘och, po‘lat, rezina), mo‘rt (sopol, shisha, beton, cho‘yan), material mustahkamligiga qarab- mustahkamligi yuqori (po‘lat, granit, shisha, shishaplast, sitall, beton-polimer), mustahkam (beton, Yog‘och, polimerbeton, pishiq g‘isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, xom g‘isht, ko‘pikbeton, gazbeton) turlarga bo‘linadi. Qurilish materiallarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: plastik materiallar - kuch, temperatura Yoki suv ta’sirida qayta ishlanish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin va x..k.) elastik materiallar - unga ta’sir etaYotgan kuch olingandan so‘ng o‘z shakliga qaytadigan materiallar (rezina, po‘lat, Yog‘och) mo‘rt materiallar — ta’sir etaYotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmaydi, buzilish hossasiga ega bo‘lgan materiallar (shisha, cho‘yan, g‘isht va x,.k.) A) Mustahkam — granit, temir, yog‘och B) Mustahkamligi past — chig‘anoqtosh, somon, xom g‘isht a) Qattiq - cho‘yan, shisha, granit b) Yumshoq - Yog‘och, qo‘rg‘oshin, bitum Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq hamda fizik-kimyoviyjarayonlar ta’sirida chidamli- (klinker, plastmassalar) va chidamsiz (xom g‘isht) materiallar; Izolyatsiya materiallari-issiqlik o‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovakli asbest buyumlar) Tovushni yutuvchi- (pemza, qatlamli shisha paxta, fibrolit) gidroizolyatsion- (bitum, ruberoid, tol) elektroizolyatsion- (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan materiallar. Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog‘och, polimerbeton, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolyatsiyasi, gidroizolyatsiya, bezak, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va x.k.) turlarga bo‘linadi. Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari Davlat standarti qo‘mitasi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k. xollarda bo‘lishi mumkin. Qurilish materillaridan foydalanib bino va inshootlar qurish “Qurilish me’yorlari va qoidalarida” (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan “Standartlash halqaro tashkiloti (MOS)” talablariga javob beruvchi xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling